Salomatlik Salomatlik Organizmdagi 7 ta jiddiy autoimmun kasallik: Qanday aniqlanadi va davolanadi?

Organizmdagi 7 ta jiddiy autoimmun kasallik: Qanday aniqlanadi va davolanadi?

O'qildi: 324


Organizmdagi 7 ta jiddiy autoimmun kasallik: Qanday aniqlanadi va davolanadi?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, autoimmun kasalliklariga chalinganlarning 80 foizi ayollardir. Biroq kasallik har qanday odamga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun autoimmun kasalliklar qanday bo‘lishi va ularni qanday davolash kerakligini bilish muhim.

Foto: “Domashniy ochag”

Hozirgacha 80 dan ortiq kasalliklar aniqlangan. Ba’zilarining o‘ziga xos alomatlari bor: charchoq, kuchsizlik, yengil isitma va yallig‘lanishning har xil turlari. Yallig‘lanishda antibiotiklardan qo‘llanilsa, shirinlik va zararli ovqatlarni kamaytirish stressni, toksinlarni chiqarib tashlash va ovqat hazm qilish tizmini davolashga yordam beradi. Kasallik qancha ilgari aniqlansa, uni davolash imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

Revmatoid artrit

Bu ayollarning 4 foizida, ya’ni har yigirma beshinchi ayolda uchraydi. Kasallik tanada og‘riqli yallig‘lanish sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, qo‘l, oyoq, tizza, yelka va bo‘ksada kuzatiladi. Ushbu kasallik osteoartritdan charchoq, isitma, vazn yo‘qotish va ishtaha bo‘g‘ilishi kabi alomatlarning tezroq rivojlanishi bilan farq qiladi. Eng muhimi, revmatoid artrit tananing ikkala tomoniga ta’sir qiladi. U isitma va og‘riqdan dorilar, harakatchanlikni yaxshilash uchun fizioterapiya bilan davolanadi.

Volchanka

2015-yil aktrisa va xonanda Selena Gomez ushbu kasallikka chalinganini tan olgan edi. Taxminan, 1,5 million odam volchanka bilan kasallangan bo‘lib, ularning atigi 10 foizini erkaklar tashkil etadi. Kasallik bo‘g‘im, teri, buyrak, yurak, o‘pka – qisqasi butun organizmga ta’sir qiladi. Shu sababli volchanka ko‘plab alomatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa tashxis qo‘yishni yanada qiyinlashtiradi. Alomatlarga bosh og‘rig‘i, qo‘l va oyoqlarda noqulaylik, kamqonlik va sovuqda barmoqlarning ko‘karishi kabilar kiradi.

Xashimoto sindromi

Ushbu turdagi kasallik immunitet tizimi qalqonsimon bezga hujum qilganda paydo bo‘ladi. U kattalarda ham, bolalarda ham o‘zini namoyon qilishi mumkin. Alomatlariga bo‘yinda bezovtalik, charchoq, vazn ortishi, gormonlar buzilishi, mushaklarda og‘riq, qo‘l va oyoqlarning muzlashi, teri va tirnoqlarning qurishi, soch to‘kilishi, tushkunlik, xotiraning qisqa muddatli yo‘qolishi, ovozdagi o‘zgarishlar kiradi. Bunday vaziyatda gormonlar bilan davolash afzal hisoblanadi.

Psoriaz

Hujayralar keragidan ko‘ra tez o‘sadigan teri kasalligi. Ushbu kasallik erkak va ayollarda birdek uchraydi. Shuningdek, ko‘pincha terida o‘lik hujayralarning oq qatlami bilan qoplangan dog‘lar paydo bo‘lganda kuzatiladi. U asosan, bosh, tizza, yelka va orqa sohada bo‘lishi mumkin. Buning uchun shifokorlar tomonidan davolashdan tashqari, maxsus parhez buyuriladi.

Psoriatik artrit

Bu boshlang‘ich psoriazsiz ham rivojlanishi mumkin. Ko‘pincha shikastlangan yoki yaroqsiz holga kelgan bo‘g‘imlarga ta’sir qiladi. Dastlabki bosqichdayoq davolanishda yaxshi natijaga erishish mumkin.

Shegren sindromi

Immunitet tizimi, so‘lak, ko‘z yoshi va boshqa bezlarga ta’sir qilishi mumkin. “Quruq ko‘z sindromi” organizm bo‘ylab quruqlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan sekretsiya ishlab chiqarishni kamaytiradi. Bunga oyoq og‘rig‘i va doimiy charchoq qo‘shiladi. Mashhur tennischi Venus Uilyams hozirda ushbu sindromdan aziyat chekmoqda. Muammo irsiyat yoki qandaydir virusda ekanligi taxmin qilinmoqda. Ammo ko‘z shifokorlari buni endokrin va asab tizimlariga ham ta’sir qiladi, deb hisoblaydi.

Sklerodermiya

Kollagen ishlab chiqarish bilan farqlanib, har yuz ming kishining 24 nafarida uchrashi mumkin. Bunda teri qalinlashadi, qattiqlashadi va harakatlanish qiyinlashadi. Buyrak, o‘pka va ovqat hazm qilish traktidagi to‘qimalar ham qalinlashadi. Alomatlarni turli xil dori vositalari bilan, ammo shifokor ko‘rsatmasiga binoan bartaraf etish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.