Salomatlik Salomatlik Sog‘lig‘ingizni asrang: Erta tongdan boshlab yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato

Sog‘lig‘ingizni asrang: Erta tongdan boshlab yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato

O'qildi: 323


Sog‘lig‘ingizni asrang: Erta tongdan boshlab yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato

Tongni noto‘g‘ri boshlash kun davomida nafaqat ish faoliyatiga, balki sog‘liqqa ham salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Uyg‘otgich vaqtini ortga surish

Afsuski, qo‘shimcha besh daqiqa uxlash hech qanday kuch bermaydi. Qolaversa, uyg‘otgich vaqtini qayta-qayta ortga surish ham charchoq xavfini keltirib chiqaradi. Faol hayot tarzining kaliti – bu rejim. Buning uchun bir vaqtning o‘zida uxlash va uyg‘onishga harakat qilish zarur. Dam olish va ta’til kunlarini ajoyib tarzda o‘tkazish tavsiya etiladi. Kamida 8 soat uxlashga harakat qilish orqali hayotni yaxshi tomonga o‘zgarganini sezish mumkin.

Deraza pardalarini yopish

Qorong‘i xonada uxlash yaxshiroqmi?Aslida bunday emas. Quyosh nurlari tezroq uyg‘onishga va kuch berishga yordam beradi. Shuningdek, bu tabiiy sikl va moddalar almashinuvi jarayonlarni tartibga solish uchun ham zarur. Bu esa o‘z navbatida immun tizimining ishlashiga ta’sir qiladi. Organizmni yallig‘lanish va yuqumli kasalliklardan himoya qiladi.

Yotoqdan turishga shoshilmaslik

Har qanday inson gorizontaldan vertikal holatga o‘tishi mobaynida qon aylanish rejimi o‘zgaradi. Bu bosimning pasayishiga, zaiflik, bosh aylanishining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Juda vaqt ziq bo‘lganda ham yotoqdan darrov chiqmaslik zarur. Uyg‘ongandan so‘ng yotoqda 1-2 daqiqa o‘tirish tavsiya etiladi.

Tonggi mashqlarni o‘tkazib yubormaslik

Uyg‘ongandan so‘ng sport bilan shug‘ullanish quvvatni oshirishga va kuni bo‘yi yaxshi kayfiyatni saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, ertalab ko‘p miqdorda kaloriya sarflangandan so‘ng nonushta vaqtida ishataha ochilishi kuzatiladi.

Gigiyena masalasi

Qahva yoki limonli suv kabi kislotali ichimliklardan keyin tishni yuvishga shoshilishning keragi yo‘q. Buni avvalroq yoki nonushta qilgandan keyin 30-60 daqiqa o‘tib qilish yaxshiroq, aks holda tez orada stomatolog huzuriga borishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Telefonni uzoqroqqa joylashtirish

Uqyu asab tizimini tiklashga, stress va xavotirdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Uyg‘onganda, birinchi harakat telefondagi xabarlarni tekshirish yoki ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni kuzatish uyquning terapevtik ta’sirini bekor qiladi.

Nonushtani o‘tkazib yubormaslik

Nonushtani to‘liq qiladigan insonlarda semirish, doimiy charchoq sindromi, qandli diabetning ikkinchi toifasi, yurak-qon tomiri kasalliklari xavfi kamroq ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan.

Shirinlikdan tiyilish

Kunni shirinlik va xamir ovqatlardan boshlash tavsiya etilmaydi. Ushbu oziq-ovqat tarkibida oddiy ugelvodlar mavjud. Tanaga kiradigan ushbu moddalar juda tez shakarga aylanadi. Qonda shakar miqdorining oshishi insulinning faol ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Ushbu bosqichda organizm g‘ayritabiiy kuchni his qilishi mumkin. Ammo oddiy ugelvodlar juda tez hazm qilinadi va tez orada avvalgi energiyadan asar ham qolmaydi. Oradan bir soat o‘tib, tana yana charchoq va ochlikni his qiladi. Murakkab uglevodlar esa uzoq vaqt davomida parchalanadi va shakarning ortishi sabab bo‘lmaydi.

Ijobiy fikrlash

Agar biror voqea sodir bo‘lgan bo‘lsa, meditatsiya uchun ertalab bir necha daqiqalik bo‘sh vaqtdan foydalanish kerak. Buning uchun ko‘zlar yumiladi, miyadan har qanday fikr chiqarib tashlanadi. Shunchaki chuqur va sekin nafas olinadi. Ushbu mashq stress gormoni – kortizolni kamaytirishga yordam beradi. Agar har kuni shu kabi nafas olish mashqlari bajarilsa, depressiya, gipertoniya, uyqusizlik va migren xavfi sezilarli darajada kamayadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.