Ayollar salomatligini saqlash uchun muhim bo‘lgan tibbiy tekshiruvlar
Salomatlikda muammolar paydo bo‘lishiga yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham sabab bo‘ladi. Turli kasalliklarning oldini olish uchun esa shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kerak.
Foto: FreepikKo‘krak qafasini flyuorografiya yoki rentgen orqali tekshirish
Nima uchun kerak: sil, saraton va o‘pkadagi boshqa jiddiy kasalliklarni aniqlash uchun.
Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 18 yoshdan boshlab bir yilda bir marta.
Ko‘zning ichki bosimini o‘lchatish va ko‘rish qobiliyatini tekshirtirish
Nima uchun kerak: yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar va glaukomani aniqlash uchun.
Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 35 yoshdan keyin bir yilda bir marta.
EKG(Elektrokardiogramma)
Nima uchun kerak: yurak ritmi bilan bog‘liq muammolar, yurakni qon bilan ta’minlanishi qay darajada ekanini aniqlash uchun.
Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 40 yoshdan oshgan sog‘lom ayollarda yiliga bir marta.
Densitometriya
Nima uchun kerak: osteoporoz bor yoki yo‘qligini aniqlash va suyaklar mustahkamligini tekshirish uchun kerak.
Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 45 yoshdan yilda ikki marta.
Qorin bo‘shlig‘ini ultratovushli skrining orqali tekshirish
Nima uchun kerak: bachadonda o‘simta bor-yo‘qligini, siydik pufagi o‘lchami va uning holati, buyrakdagi toshlarni aniqlash uchun.
Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 18 yoshdan boshlab bir yilda bir marta.
Mammogramma
Nima uchun kerak: sut bezi kasalliklarini aniqlash va turli jiddiy oqibatlarning oldini olish uchun.
Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 40 yoshdan ayollar yiliga kamida 2 marta, 50 yoshdan keyin 1 yilda 1 marta. Ko‘krak sohasida og‘riq sezish tekshiruvdan o‘tish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi.
Kolonoskopiya
Nima uchun kerak: ichaklarda saraton bor-yo‘qligini aniqlash uchun.
Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 50 yoshdan boshlab, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichaklarda o‘simta rivojlanish xavfi bo‘lmagan kishilarda 5 yilda bir marta. Hazm jarayonida muammo borligi tekshiruvdan o‘tish uchun jiddiy sabab.
Odam papillomasi virusiga(Human papillomavirus, HPV)tahlil topshirish
Nima uchun kerak: saraton kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgani sabab ham tekshiruv o‘ta muhim sanaladi.
Qancha muddatda tekshirtirib turish kerak: 30 yoshdan 69 yoshgacha 5 yilda bir marta.
Manba