Qon bosimini tushirishga yordam beradigan 8 tavsiya
Gipertoniyaga nisbatan bejiz ko‘rinmas qotil ta’rifi berilmaydi. Odam uzoq vaqt davomida o‘zida qon bosimi balandligini bilmasligi oradan vaqt o‘tib esa jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Qon bosimni o‘lchaydigan uskuna ko‘rsatkichi 120 ga 80 dan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak.
Foto: FreepikSport bilan shug‘ullaning
Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lish, hattoki oddiy yurish ham qon bosimini pasaytirishi o‘nlab tadqiqotlarda aniqlangan. Sport qon aylanishini yaxshilaydi va yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Dam olishni ham unutmang
Stress sabab organizmda kortizol va adrenalin gormonlari ajraladi. Ushbu gormonlarning organizmda puls tezlashishi va qon-tomirlar spazmiga ta’sir qilishi esa qon bosimining oshishiga olib keladi. Toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oling, meditatsiya va yoga bilan shug‘ullaning, gadjet va odamlarsiz sokin joyda dam olishga harakat qiling.
Taomnomangizdan tuzni chiqarib tashlang
Tuzni haddan ortiq iste’mol qilish salomatlik uchun juda ham zarar. Kuniga bir qoshiqdan ko‘p bo‘lmagan tuz iste’mol qilish va undan tiyilishni bilish kerak.
Kaliyga boy mahsulotlarni iste’mol qiling
Kaliy organizmdan ortiqcha tuzni chiqarib yuborishga hissa qo‘shadi. Banan, kartoshka, loviya, ismaloq, avokado va pomidor kabi mahsulotlar kaliyning koni hisoblanadi.
Qora shokolad iste’mol qiling
Qon-tomirlar va qon aylanishi uchun muhim bo‘lgan flavonoidlarga boy ekani sabab ham qora shokolad foydali hisoblanadi. Iloji boricha tarkibidan kakao 70 foizdan kam bo‘lmagan shokolad iste’mol qilishga harakat qiling.
Spirtli ichimlik iste’mol qilmang
Spirtli ichimliklar nafaqat qon bosimining oshishi, balki salomatlikda boshqa muammolar kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.
Choy va qahvadan tiyiling
Choy va qahva qon bosimini ko‘tarilishiga ta’sir qilgani sabab ularning iste’molidan tiyilgan yaxshi. Buning o‘rniga boshqa shifobaxsh o‘tlardan tayyorlangan choy ichishga harakat qiling.
Kamroq o‘tirib, ko‘proq harakat qiling
Agar ish yoki o‘qish sabab ko‘p o‘tirishga majbur bo‘lsangiz, organizmda qon aylanishi yaxshilanishi uchun har yarim soatda o‘rningizdan turib, yurib kelishga harakat qiling.
Manba