Salomatlik Salomatlik Gerpes ayollar uchun nimasi bilan xavfli?

Gerpes ayollar uchun nimasi bilan xavfli?

O'qildi: 259


Gerpes ayollar uchun nimasi bilan xavfli?

Aksariyat hollarda immunitetning susayishi sabab kuzatiladigan, oqibati demensiya, pnevmoniya hatto falaj bo‘lish bilan tugashi mumkin bo‘lgan gerpes virusi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Freepik

Gerpes nima?

Shifokorlarga ushbu virusning 8 turi yaxshi ma’lum, ulardan uchtasi ko‘p tarqalgan. Birinchi turida virus og‘iz, burun, ko‘z shilliq qavati hamda teri qoplamini zararlaydi va maishiy aloqa yo‘li bilan yuqadi. Ikkinchi jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan turida shamollash labda namoyon bo‘ladi. Uchinchisi esa o‘rab oluvchi temiratkilarni keltirib chiqaradi.

Nima uchun xavfli?

Gerpesni butkul davolab bo‘lmaydi, simptomlar o‘tib ketgani bilan virus neyronlar DNKsida saqlanib qoladi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda virusning teri hujayralaridan markaziy asab tizimiga o‘tib, DNKga o‘rnashib olishi aniqlangan. Immunitet past bo‘ladigan bo‘lsa viruslar yanada faol bo‘lishi va MNS va boshqa ichki a’zolarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bosh miya ham zararlanadigan bo‘lsa, oqibati falajlik yoki o‘lim bilan ham tugashi mumkin. Gerpes bilan tug‘ilgan(onadan bolaga o‘tadigan bo‘lsa)bolaning vafot etishi ehtimoli yuqori bo‘ladi yoki rivojlanishida jiddiy muammolar kuzatiladi. Qolaversa, genital gerpes(jinsiy yo‘l bilan yuqadigan gerpes)ayollarda bachadon bo‘yni, erkaklarda esa prostata bezi saratoni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qanday simptomlari bor?

Og‘iz, ko‘z va burun shilliq qavatida kichik pufaksimon toshma toshishidan tashqari boshqa simptomlar ham mavjud. Ushbu alomatlar borligi sezilganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Tanada sanchiqni his qilish

Ayollarning qornidan pastki sohasi va belida sanchiqlar kuzatilishi mumkin.

Qichima

Qichima ham gerpesga xos simptomlardan biri hisoblanadi. Ushbu belgilar kuchli yoki nomiga kuzatilganda ham shifokorga borishni kechga qoldirish kerak emas.

O‘RVI paydo bo‘layotganiga xos simptomlar

Bosh og‘rishi, suyak va mushaklarning zirqirab og‘rishi, haroratning ko‘tarilishi va limfa tugunlarining yallig‘lanishi kabi simptomlar kuzatiladi. Agar O‘RVI simptomlari yuqorida ta’kidlangan boshqa alomatlar bilan birga kuzatiladigan bo‘lsa, befarq bo‘lmasdan tekshirtirish kerak.

Qorindan pastki sohada og‘riq

Qorindan pastki sohada og‘riq bachadan bo‘yni yallig‘langanidan darak berishi mumkin. Bunga esa gerpes virusi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Siydik yo‘llaridagi og‘riq

Gerpes yara va toshmalari siydik yo‘lida bo‘lishi va bu og‘riqni his qilishga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa shifokorga borishni ortga surmaslikka jiddiy sabab bo‘la oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.