Salomatlik Salomatlik Hammasi ko‘ngildagidek: salomatlikda muammo yo‘qligidan darak beruvchi kutilmagan alomatlar

Hammasi ko‘ngildagidek: salomatlikda muammo yo‘qligidan darak beruvchi kutilmagan alomatlar

O'qildi: 287


Hammasi ko‘ngildagidek: salomatlikda muammo yo‘qligidan darak beruvchi kutilmagan alomatlar

Salomatlik borasidagi tibbiy tavsiyalar va maqolalarni o‘qish jarayonida ko‘pchilik organizmda yuz berayotgan o‘zgarishlarga qarab, turli xil kasalliklarning taxmin qilishi mumkin. Ammo bu safargi belgilar bemorlikdan emas, balki salomatlikdan xabar beradi. Shuning uchun ham quyidagi 7 belgi orqali salomatlik borasida muammo yo‘qligiga amin bo‘lish mumkin.

Foto: Live JournalQuvvat

Kun oxiriga kelib charchoq his qilinsa-da, ammo dam olish yoki uxlash istagi bo‘lmasa, u holda tana stressni yengib chiqayotgan bo‘ladi. Albatta, hammasi kun davomidagi vazifalarga bog‘liq. Bordi-yu ish jarayonida ham tinimsiz ishlab, yana uydagi barcha yumushlarga ham kuch yetarli bo‘lsa, zaxiraga kuch yig‘ishning keragi yo‘q. Demak quvvat kundalik yumush va boshqa ehtiyojlar uchun yetarli bo‘lsa, organizmda muammo yo‘q, deb aytish mumkin.

Nafas olganda og‘izdan hid kelmasligi

Ushbu holat oshqozon-ichak trakti, tish va milklar sog‘lomligi, hatto diabet bilan muammolar yo‘qligini ham ko‘rsatadi. Nafasning hidsiz va tozaligi aniqlangan bo‘lsa, demak sog‘liq borasida xotirjam bo‘lish mumkin.

Terining elastikligi

Bilak, oyoq to‘pig‘i yengil chimchilanganda, teri tez orada o‘z holiga qaytsa, organizmda suv miqdori yetarli darajada ekanligidan darak beradi. Vaqti-vaqti bilan organizmda suv midoqrini ushbu usul bilan tekshirib turish mumkin.

Ochlik hissi

Ovqatlangandan so‘ng qancha muddat ichida ochlik hisini sezish mumkin. Odatda, ovqatlanishlar orasida 3-4 soat o‘tishi kerak. Bu vaqt ichida hech qanday tanovulsiz yurish mumkin bo‘lmasa, qandli diabet yoki modda almashinuvi jarayoni bilan bog‘liq kasalliklar yuzaga kelayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda zudlik bilan endokrinolog bilan bog‘lanish zarur.

Sog‘lom ko‘zlar

Ko‘zning qizarishi yoki sarg‘ayishi ko‘rish qobiliyatining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lib, barchasi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar yiliga kamida bir marta oftalmolog tekshiruvidan o‘tishni maslahat beradi – bu nafaqat ko‘zga, balki ba’zi kasalliklarni dastlabki bosqichidanoq davolashga yordam beradi.

O‘RVIga moyillik

Agar yiliga bir marotaba O‘RVI bilan kasallanish holati kuzatilsa, bu juda yaxshi natija. Sababi kuchli immunitetga ega odamlar ham mavsumiy virusga, albatta, duchor bo‘ladi. Ammo shamollash va gripp bilan tez-tez kasallanish kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Chunki immunitet bilan bog‘liq muammolardagina aynan ushbu kasallik osongina yuqadi.

Sog‘lom ichaklar

Odatda ichaklar 24—48 soatda bo‘shatilishi kerak va buning doimiy takrorlanishi juda muhim sanaladi. Agar ushbu jarayonda muammo paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Sababi ichak bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklar mavjud bo‘lib, ular o‘ta xavfli holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.