Salomatlik Salomatlik Foydalimi yoki zarar: Shokoladning salomatlik va ruhiyatga ta’siri

Foydalimi yoki zarar: Shokoladning salomatlik va ruhiyatga ta’siri

O'qildi: 289


Foydalimi yoki zarar: Shokoladning salomatlik va ruhiyatga ta’siri

Mazali va kayfiyat ko‘tarilishiga hissa qo‘shadigan shokoladning iste’moli borasida me’yorni bilish hamda foydasidan tashqari, qanday zararlari borligi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lish kerak.

Foto: Freepik

Foydasi

Qon bosimini tushiradi

Shirinlik yegandan keyin ko‘pchilikning qon bosimi ko‘tariladi, ammo shokolad farqli ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibidagi flavonoidlar qon bosimini tushirish xususiyatiga ega. Aynan shu sabab ham kakaosi bisyor bo‘lgan shokolad iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Yallig‘lanishni kamaytiradi

Tarkibidagi moddalar kombinatsiyasi organizmdagi hujayralar va yallig‘lanish jarayoniga ijobiy ta’sir etgani sabab ham qora shokolad iste’molidan keyin inson o‘zini yaxshi his qila boshlaydi. Buning uchun uni kuniga 20 gramm yeyish kifoya.

Quyosh nurlarining salbiy ta’siridan himoya qiladi

Tarkibidagi flavanol quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qilibgina qolmay, qon aylanishini ham yaxshilaydi.

Xotirani yaxshilaydi

Tadqiqotlarda shokolad iste’mol qilinganidan 30 daqiqa o‘tib miya faoliyati tezligining jadallashishi, xotira yaxshilanishi aniqlangan.

Sport

Shokolad sport bilan ko‘proq shug‘ullanishga kuch topib, kamroq charchashni ta’minlaydi. Bunga tarkibidagi kakaoning qonni kislorod bilan ta’minlashi sabab bo‘ladi.

Zarari

Suyaklar ahvoli yomonlashadi

2008-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda har kuni shokolad iste’mol qilgan keksa ayollarning suyaklari mo‘rtlashgani aniqlangan.

Migren keltirib chiqarishi mumkin

Shokoladni haddan ortiq iste’mol qilish bosh og‘rishiga olib kelishi mumkin. 22 foiz bemorlar shokolad sabab migren paydo bo‘lganidan shikoyat qilgan, ammo bu o‘z tasdig‘ini topmagan.

Yurak urishi jadallashadi

Shokolad qorin mushaklarini bo‘shashtirib, pulsni jadallashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan metilksantinni o‘z ichiga oladi. Uning iste’molidan keyin jig‘ildon qaynashi holati ham kuzatilishi mumkin.

Vazn to‘plashga hissa qo‘shadi

Bir qancha foydasi borligi shokoladning kaloriyaga boy ekanini inkor eta olmaydi. Undan tiyila olmaslik va me’yoridan ortiq iste’mol qilish sezilarli darajada vazn ortishiga olib kelishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.