Salomatlik Salomatlik Olimlar shokoladning qaysi turi stressni bartaraf etishini aniqladi 

Olimlar shokoladning qaysi turi stressni bartaraf etishini aniqladi 

O'qildi: 335


Olimlar shokoladning qaysi turi stressni bartaraf etishini aniqladi 

Ko‘pchilikka shokolad stressni yengishga yordam berishi ma’lum. Ayniqsa, qora shokolad ko‘proq foydali deb qaraladi. Ammo har qanday achchiq shokolad ham bunday xususiyatga ega emasligi aniqlandi.

Foto: Lisa

Janubiy Koreyalik tadqiqotchilar ajoyib tajriba o‘tkazdi. Unga ko‘ra, ishtirokchilar kuniga turli xil shokoladdan 30 gramm iste’mol qilishi kerak edi. Keyin, aksincha, ularni iste’mol qilish to‘xtatilgan. Shuningdek, ishtirokchilar har kuni sinovdan o‘tkazilib, o‘zini qanday his qilishi va kayfiyati haqida so‘rovnomalar to‘ldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 85 foiz kakaoli shokolad kayfiyatni ko‘targan va shu bilan birga ichak mikroflorasini yaxshilagan. Ammo 70 foizligi esa hech qanday natija bermagan.

Tadqiqotchilarning fikricha, shokoladning kayfiyatga ijobiy ta’siri aynan mikrofloraning yaxshilanishi bilan bog‘liq, chunki ichaklar asab tizimiga bog‘langan. Bundan tashqari, kakao miqdori qancha yuqori bo‘lsa, shokolad yanada foydali va tabiiy hisoblanadi.

Mavzuga doir:

  • Stress, charchoq va doimiy ravishda ochlikni his qilishga sabab bo‘ladigan boshqa omillar
  • Bosh aylanishi qanday kasalliklar alomati hisoblanadi?
  • Muntazam to‘yib uxlamaslikning organizm uchun qanday zarari bor?
  • Stress, qo‘rquv va tashqi ko‘rinishni tubdan o‘zgartiradigan boshqa his-tuyg‘ular


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.