Salomatlik Salomatlik Sovuq dush qabul qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Sovuq dush qabul qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

O'qildi: 284


Sovuq dush qabul qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Energiyaga ega bo‘lish, tetiklashish va salomatlikni yaxshilash uchun sovuq dush qabul qilishning o‘zi kifoya ekani allaqachon isbotlangan.

Foto: “Domashniy Ochag”

Kuchga to‘lasiz

Tetiklashtirishi va o‘zingizni yaxshi his qilishingizga sababchi bo‘ladi. O‘zingizni kuchga to‘lganday his qilishingiz va komfort zonasidan chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

Kamroq asabiylashasiz

Sovuq suv asab tizimiga ijobiy ta’sir qiladi va stresslarni osonroq yengishga yordam beradi. Tadqiqotlarda sovuq dush qabul qilish stressga qarshi kichik “emlanish” ekani aniqlangan. Bir oy davomida doimiy ravishda sovuq dush qabul qilgandan keyin kishi “sovuqqon” bo‘ladi va arzimagan narsalarga asabiylashmaydi.

Diqqat oshadi

Bunday dush qabul qilgandan keyingi birinchi soniyada nafas olish qiyin bo‘ladi. Chuqur nafas olish har tong yurak ritmini yaxshilaydi, qondagi kislorod konsentratsiyasining oshishiga yordam beradi. Natijada siz kun bo‘yi energiyaga to‘la va boshqalardan diqqatliroq bo‘lasiz.

Soch va teri ahvoli yaxshilanadi

Sochlar issiq suvda yuvilganda quruq bo‘lib qoladi sovuq suvda esa aksincha. Sovuq suv soch follikulalarini yopgani hisobiga yog‘ kamroq ajraladi. Natijada sochlaringiz jilokor va kam to‘kiladigan bo‘ladi. Teri esa toza va tiniq bo‘la boshlaydi.

Sarvqomat bo‘lasiz

Sovuq dush qabul qilgandan keyin toksinlar ajralishi tezlashgani sabab ham ortiqcha vazn tez yo‘qoladi. Tadqiqotda aniqlanishicha, muntazam ravishda sovuq dush qabul qilish yiliga qo‘shimcha 4 kilo vazn tashlashga yordam beradi.

Qon aylanishi yaxshilanadi

Sovuq suv qon-tomirlarni toraytirgani sabab qon aylanishi tezlashadi. Sovuq qotish kuzatilganidan keyin organizm ichki a’zolarni isitish uchun ularni qon bilan ta’minlanishini jadallashtiradi va bu yurak qon-tomir tizimiga ijobiy ta’sir qiladi.

Kamroq kasal bo‘lasiz

Sovuq dush immun tizimini faollashtiradi, qondagi virus va bakteriyalarni yo‘q qilish xususiyatiga ega bo‘lgan limfotsit va monotsitlar ko‘payishiga hissa qo‘shadi.

Limfa tizimini tozalaydi

Shuningdek, bunday dush qabul qilish limfa tizimiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Limfa tizimining yomon ishlashi turli kasalliklar, suyak og‘riqlariga olib keladi. Issiq va sovuq suvli kontrast dush esa limfa tizimini tozalash va tiklash xususiyatiga ega.

Depressiya yo‘qoladi

Sovuq dush depressiyaga xos simptomlarini kamaytiradi, uni har doim qabul qilinganda esa antidepressantlardan kam bo‘lmagan samara beradi.

Uyg‘onish oson bo‘ladi

Tongda uyg‘onishi qiyin kechadiganlar uchun yaxshi tavsiya: sovuq suv qahvadan kam bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatadi.

Uxlash ham oson bo‘ladi

Uyqudan avval sovuq dush qabul qilish oson bo‘lmaydi, shuning uchun avvaliga iliq suv bilan tanani isitib olish keyin esa sekin-asta sovuq suv jo‘mragini burash kerak. Yanada yaxshi samara berish uchun boshqa bir idishga sovuq suv solib, issiq suv qabul qilgandan keyin uni bo‘yin va yelka ustidan quying. Shundan keyin mushaklar bo‘shashadi va uxlashingiz oson bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.