Insult, anevrizm yoki miya saratonini bosh og‘rig‘iga qarab qanday aniqlash mumkin?
Shifokorlar tomonidan bosh og‘rishining 300 dan ortiq turi aniqlangan bo‘lib, ushbu simptom migren, insult, koronavirus hamda boshqa bir qancha jiddiy kasalliklardan darak berishi mumkin. Shuningdek, bosh og‘rishi miya chayqalishining asorati bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas. Nima bo‘lgan taqirda ham salomatlikdagi ushbu o‘zgarishga befarq bo‘lmaslik, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish darkor.
Foto: FreepikNutqdagi o‘zgarishlar
Bosh og‘rig‘ining mazkur simptom bilan kuzatilishi miya anevrizmining belgisi bo‘lishi mumkin. Shifokorlar aksariyat hollarda anevrizm bosh og‘rishiga sabab bo‘lishiga qaramay, aynan mazkur alomat sabab kasallikka juda ham kech tashxis qo‘yilishini ta’kidlaydi. Bunga bemorlarning og‘riq qoldiradigan dori qabul qilishi va shifokorga borishni ortga surishi sabab bo‘ladi. Nutqda o‘zgarish kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan mutaxassisga murojaat qiling. Bu kasallikda har daqiqa qimmatli bo‘ladi.
Bosh og‘rig‘ining kuchliligidan uxlay olmaslik
Bosh og‘rig‘i uxlay olmaslik yoki kuchliligi sabab uyg‘onib ketishga olib ketadigan bo‘lsa, shifokorga borishga shoshilish kerak. Gap shundaki. og‘riqning bu qadar kuchli ekani miya saratoniga xos eng ko‘p tarqalgan belgilardan. Kasallik qancha erta aniqlansa, shuncha yaxshi.
Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi
Ko‘rish qobiliyati yoki vizual o‘zgarishlar bilan kuzatiladigan bosh og‘rig‘iga migren sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu simptomga ham befarq bo‘lmaslik, nevrologga murojaat qilish lozim.
Simptomlarning to‘satdan namoyon bo‘lishi
Hatto eng kuchli migrenda ham simptomlar, odatda, asta-sekin ortib boradi. Insultda esa to‘satdan paydo bo‘lishi: bir daqiqa avval o‘zini yaxshi his qilgan bemor, keyingi daqiqada bosh og‘rig‘ining kuchliligidan o‘zini qo‘yarga joy topa olmasligi mumkin. Bunday vaqtda zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak.
Manba