Holsizlik: koronavirusdan keyingi surunkali charchoq bilan qanday kurashish mumkin?
Koronavirusga chalingan bemorlarning aksariyati kasallik vaqtida ham, sog‘aygandan keyin ham holsizlikdan shikoyat qiladi. Buning sababi va undan qutulish choralari haqida quyida tanishib chiqish mumkin.
Foto: CosmopolitanBu qanday sindrom?
Surunkali charchoq sindromi − mialgik ensefalomiyelit deb atalib, u ta’rifi, sababi va davosi bo‘lmagan kasallikdir. Shuningdek, kasallikni boshdan kechirganlar keyinchalik ham avvalgi me’yoriy energiya darajasiga qaytmagan. Aslida, ushbu holat avvalgi ish-harakatlarga yetgan energiya keyinchalik ularga ham yetmay qolishi bilan ta’riflanadi.
Asosiy alomatlar:
- bir necha oylik doimiy charchoq;
- aqliy charchoq;
- energiya yetishmasligi;
- diqqatni jamlash va qisqa xotira bilan bog‘liq muammolar;
- jismoniy mashq yoki aqliy mehnatdan keyin tiklanish uchun uzoq vaqt sarflash.
Surunkali charchoq sindromi anemiya, qandli diabet, depressiya yoki yurak muammolari tufayli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, virusning asosiy ta’siriga aylanadi. Masalan, u gripp va koronavirusdan keyin paydo bo‘ladi va davom etishi ham mumkin. Lekin hali oxirigacha to‘liq o‘rganib chiqilmagan. Shunday bo‘lsa-da, bu salomatlik bilan bog‘liq muammo ekanligi aniq.
Surunkali charchoq faqatgina koronavirus bilan kasallanganlikni anglatmaydi, sababi virus ushbu sindromni keltirib chiqarmasligi ham mumkin. To‘g‘ri, surunkali charchoq sindromi bilan hayot kechirish biroz mashaqqatli. Bemor o‘zida doimiy charchoqni his etsa, darhol shifokor bilan maslahatlashishi zarur. Mutaxassis bemor holatining sababini aniqlaydi, charchoq belgilaridan tezroq xalos bo‘lish uchun vitamin, dori va maxsus mashqlarni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, me’yoriy uyqu, sog‘lom ovqatlanishga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Bu ham salomatlik uchun foydali bo‘lib, surunkali charchoq sindromini yengishga yordam beradi.
Manba