Faqat iflos qo‘llar orqali emas: gepatit qanday yo‘llar bilan yuqishi mumkin?
Bugungi kunda butun dunyoda 600 milliondan ortiq odam virusli gepatit B va C bilan og‘riydi va yildan yilga kasallikning tarqalish tezligi ortib bormoqda. Infeksion xavfni minimallashtirish uchun virus yuqtirishning eng keng tarqalgan yo‘llari, shuningdek, oldini olish usullarini bilish muhimdir.
Foto: “Noviy ochag”Gepatit A
Bu gepatitlarning eng keng tarqalgan va xavfsiz turidir. Gepatit A surunkali holga kelmaydi, deyarli hech qachon o‘lim bilan tugamaydi va jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Ushbu turdagi gepatitdan o‘zingizni himoya qilishning eng oson yo‘li emlanishdir.
Gepatit A qanday yuqadi?
Ushbu kasallik iflos qo‘llar kasalligi ham deyiladi: virusning yuqish usuli fekal-og‘izdir. Bu shuni anglatadiki, iflos suv, yuvilmagan meva va sabzavotlar, toza yuvilmagan idish yoki sirt orqali, shuningdek, kasal odam bilan aloqa qilgandan keyin yuqishi mumkin.
Gepatit B
Bu kasallikning eng xavfli turidir. Har yili dunyoda deyarli 700 ming kishi gepatit B dan vafot etadi. Hozirgacha kasallik qo‘zg‘atuvchisiga bevosita ta’sir qiladigan dori mavjud emas. Terapiya faqat jigarni qo‘llab-quvvatlashga, sirroz rivojlanishini sekinlashtirishga qaratilgan. Gepatit B ga qarshi emlash ham mavjud. Bu, birinchi navbatda, qon quyishga muhtoj bo‘lganlar, dializ bilan og‘rigan bemorlar, surunkali gepatit B bilan kasallanganlarning oila a’zolari, tibbiyot xodimlari va qon bilan ishlaydiganlar, homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar, giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchilar uchun tavsiya etiladi. Shuningdek, gepatit B ga qarshi emlanish ilgari emlanmagan va gepatit B ga qarshi zarur himoya vositalariga ega bo‘lmagan har bir kishi uchun zarur. 35 yoshgacha bo‘lgan bemorlar A va B gepatitlariga qarshi turar joyidagi poliklinikada bepul emlanishi mumkin.
Gepatit B qanday yuqadi?
Gepatit B virusi qon va boshqa tana suyuqliklari orqali yuqadi: tupuk, sperma, vaginal sekretsiyalar, ona suti va boshqalar. Virusni yuqishi uchun juda oz miqdordagi qon yoki boshqa suyuqlik yetarli bo‘ladi — ustara, manikyur asboblarini qo‘llashda infeksiya bo‘lishi mumkin.
Gepatit C
Bu kasallikning eng og‘ir shakli bo‘lib, u “yoqimli qotil” deb ataladi. Aynan gepatit C o‘limga olib keladigan asoratlar — siroz va jigar saratoni bilan kechadi. Afsuski, bu virusga qarshi emlash hali mavjud emas, shuning uchun profilaktika choralarini iloji boricha ehtiyotkorlik bilan bajarish muhimdir.
Gepatit C qanday yuqadi?
Virus xavfli inyeksiya va qon quyish orqali yuqadi. Onadan homilaga yuqishi juda kam uchraydi. Gepatit C uy sharoitida ustara va tish cho‘tkalarini ishlatish orqali yuqishi mumkin. Manikyur paytida, stomatologik muolajalar va ichki organlarni steril bo‘lmagan asbob-uskunalar bilan tekshirish paytida virusni yuqtirish xavfi mavjud.
Mavzuga doir:
- JSST: dunyo bo‘ylab 920 nafar bolada kelib chiqishi noma’lum gepatit aniqlandi
- Shifokorlar qahva ichish jigarga qanday ta’sir o‘tkazishini ma’lum qildi
- Jigar salomatligini saqlashga yordam beradigan 12 ta tavsiya
Manba