Qonda qand miqdorining me’yorida bo‘lishiga yordam beradigan 7 odat
Qonda qand miqdorining me’yorida bo‘lishi salomatlik va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim parametrlardan biridir. Chindan ham inson o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishni istasa, eng avvalo, glyukoza miqdorini oshirmaslikka harakat qilishi lozim. Quyida bir necha oddiy qoidalar qand miqdorining me’yoriy holatini ushlab turishga yordam beradi.
Foto: “Domashniy ochag”Uyda taomlanish
100 mingga yaqin erkak va ayol salomatligi hamda ovqatlanish odatlariga oid olib borilgan tadqiqotlar hayratlanarli natijani ko‘rsatdi. Ish haftasida uyda kamida ikki marta uyda tayyorlangan taom iste’mol qiladigan ko‘ngillilar qandli diabet rivojlanishining xavfini 13 foizga kamaytiradi. Tadqiqot muallifi ushbu natijani nafaqat uyda pishirilgan taom, balki oilaviy ovqatlanish yoki yolg‘iz kechki ovqat, xotirjamlik – kun davomida to‘plangan stressni yengillashtirishga yordam berishini aniqladi.
Haftasiga kamida yarim soat sport bilan shug‘ullanish
Yugurish yoki suzish kabi aerobik mashqlar qonda shakar miqdorini sog‘lom saqlashga yordam beradi. Agar shakarni me’yoriy holga keltirish kerak bo‘lsa, shifokorlar yengil faollik va egilish, o‘pkadan nafas olish yoki sakrash kabi qisqa intensiv mashqlarni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlarni tavsiya etadi.
Och qoringa uglevod iste’mol qilish mumkin emas
Qahva va shirinlik mazali, albatta. Ammo qonda qand miqdoridan xavotirda bo‘lganlar bu kabi nonushtadan voz kechgani ma’qul. Kunning birinchi qismida gormonal yuk darajasi yuqori bo‘ladi va u tanani ishga tushiradi. Natijada qand miqdori ortadi. Bunday vaqtda qo‘shimcha insulinning keragi yo‘q. Shunchaki, tuxum, shakarsiz yogurt yoki donli non mahsulotlari nonushta uchun foydali hisoblanadi.
Ko‘proq kletchatkaga boy mahsulot iste’mol qilish
Tarkibida ko‘p miqdorda kletchatka bo‘lgan mahsulotlar shakarning so‘rilishini susaytiradi va shuning uchun ham ularning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buning uchun eng yaxshi tanlov sabzavot va mevalardir, shuningdek, yong‘oq ham juda foydali. Yaxshisi, kuniga bir necha dona sabzavot iste’mol qilish qonda qand miqdorini me’yorida saqlashga yordam beradi.
Stressdan xalos bo‘lish lozim
Stress vaqtida keskin ko‘tarilib ketadigan kortizol gormoni endokrin tizimi uchun juda xavflidir. Uning doimiy ta’siri ostida hujayralar insulin qarshiligini o‘zgartirishi va qand kasali rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shundan so‘ng stressning davomiyligi uzayadi. Buning uchun stressni yengillashtiradigan va uning oqibatlarini minimallashtiradigan usullarni har kim o‘zi uchun ishlab chiqishi kerak. Masalan, yoga, meditatsiya, suzish, tabiat qo‘ynida sayr, ijodiy mashg‘ulot kabilar. Bularning ichidan hech bo‘lmaganda bittasini tanlash va har kuni buning uchun vaqt ajratish lozim.
Meva sharbatlaridan tiyilish
Yangi uzilgan meva va smuzilar sog‘liq uchun foydali va xavfsizdir. Hatto qand miqdori biroz yuqori bo‘lsa ham. Ammo mevalardan tayyorlangan sharbatlar chinakamiga sog‘liq uchun dushmanlik qilishi mumkin. Sharbatlar – sof mevali shakar bo‘lib, u darhol qonga singib ketadi va insulinning tez sur’atda o‘sishiga olib keladi. Bu esa o‘z-o‘zidan qandli diabetning rivojlanish xavfini kuchaytiradi.
Har uch soatda taomlanish
Ochlik ham ortiqcha ovqatlanish kabi xavfli bo‘lib, qand miqdori uchun ham zararli hisoblanadi. Uzoq vaqt davomida tana ozuqasiz qolsa, qand miqdori me’yoridan pastroq darajada bo‘ladi. So‘ngra birdan to‘yib ovqatlanish bilan uning darajasi keskin ortadi. Natijada insulinning muvozanati o‘zgaradi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun har 3-4 soatda ovqatlanish zarur. Shuningdek, bu odat vaznni me’yorda saqlashga ham yordam beradi.
Manba