Ishtaha yo‘qolishi, bo‘g‘imlarda og‘riq va xavfli o‘pka kasalligining 6 ta belgisi
O‘pka fibrozi – bu koronavirusning xavfli asoratlaridan biri, ammo u pnevmoniya yoki virusga chalinmaganlarda ham rivojlanishi mumkin. Pnevmoniya, ayniqsa, koronavirus asoratlari tufayli o‘pkada chandiqlar hosil bo‘ladi. Ushbu holat va yana boshqa sabablarga ko‘ra, o‘pka fibrozi kasalligi paydo bo‘lishi mumkin.
Foto: FreepikKo‘pincha mazkur kasallik 40 yoshdan oshgan odamlarda, asosan, erkaklarda rivojlanadi. Zararlangan hudud qancha katta bo‘lsa, o‘pkaning elastikligi va o‘tishi mumkin bo‘lgan havo miqdori kamayadi, qonga kislorodning yetib borishi ham qiyinlashadi. Fibrozining oqibatlari tufayli bemor vafot etishi ham mumkin. Shuning uchun kasallik alomatlarini oldindan kuzatib borish va davo choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Fibroz nima?
Zararlangan hududga qarab, fibroz bir tomonlama – bitta o‘pka, ikki tomonlama – ikkala nafas olish organiga ham ta’sir qiladi. Yoki faqat kichik joyga ta’sir qilishi hamda o‘pkani butunlay egallab olishi mumkin. Zararlanish maydoni qanchalik katta bo‘lsa, kasallik shunchalik xavfli bo‘ladi. Afsuski, zararlanish va chandiqlar o‘pkaning butun qismiga tarqalishi ham mumkin. Shuningdek, fibrozning davosi topilmagan, faqatgina terapiya, bemorning ahvolini yaxshilash, chandiq to‘qimalarining tarqalishini sekinlashtirish mumkin. Shuning uchun kasallikni iloji boricha erta bosqichida aniqlash juda muhimdir.
Fibrozning kelib chiqish sabablari
Ko‘pgina hollarda fibroz rivojlanishining aniq sababini aniqlash mumkin emas, ammo chandiq to‘qimalarning paydo bo‘lishiga yordam beradigan ba’zi omillar mavjud. Ulardan eng keng tarqalganlari quyidagilar:
- nitrofurantoin yoki etambutolni o‘z ichiga olgan antibiotiklar, yurak urishi tartibsizligini davolash va yallig‘lanishga qarshi dorilarni qabul qilish;
- chekish;
- ekologiyaning yaxshi emasligi;
- dermatomiozit, polimiozit, volchanka, revmatoid artrit, sarkoidoz, sklerodermiya va pnevmoniya;
- nurlanish terapiyasi;
- irsiyat;
- viruslar, ayniqsa, gerpes virusi – ba’zi tadqiqotlar virusli infeksiyalar fibroz xavfini 3 baravarga oshirishini tasdiqlagan.
Yakuniy tashxisni faqat bir necha tekshiruvlardan so‘ng shifokorgina belgilashi mumkin. Ammo kasallikning o‘ziga xos alomatlari ham mavjud bo‘lib, u fibrozning rivojlanishidan ogohlantirishi mumkin:
- nafas qisilishi;
- quruq yo‘tal;
- charchoq;
- sababsiz vazn yo‘qolishi;
- mushak va bo‘g‘imda og‘riq;
- oyoq va qo‘l barmoqlari uchining kengayishi va shishishi;
- ishtahaning yo‘qolishi;
- ko‘krak qafasda og‘riq va siqilish.
Manba