Salomatlik Salomatlik Tish salomatligi bilan bog‘liq noto‘g‘ri fikrlar: Shokoladmi yoki olma — qay biri ko‘proq zararli?

Tish salomatligi bilan bog‘liq noto‘g‘ri fikrlar: Shokoladmi yoki olma — qay biri ko‘proq zararli?

O'qildi: 365


Tish salomatligi bilan bog‘liq noto‘g‘ri fikrlar: Shokoladmi yoki olma — qay biri ko‘proq zararli?

Fan va tibbiyotda turli yutuqlarga erishilayotganiga qaramay, salomatlik, xususan, kariyes bilan bog‘liq noto‘g‘ri tushunchalar hali hamon mavjud. Ulardan eng ko‘p tarqalganlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “Domashniy Ochag”

Kariyesni faqat shirinliklar keltirib chiqaradi

Kariyesning kelib chiqishi sababi faqatgina shokolad yoki konfet emas, tish orasida qolib ketadigan ovqat qoldiqlari bilan bog‘liq. Britaniyaning stomatologlar uyushmasi olma ham xuddi shirinlik singari kariyes paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini aniqlagan. Shuningdek, murakkab uglevodlar, qandolat mahsulotlari, go‘sht va sabzavotlar ham xavfni orttirishi mumkin.

Tishlarning sog‘lomligini saqlash uchun shifokorlar quyidagilarga amal qilish kerakligini ta’kidlaydi:

  • yilda ikki marta shifokor ko‘rigidan o‘tish;
  • ertalab va kechqurun ovqatdan keyin tishlarni ikki daqiqa davomida tozalash;
  • ovqatdan keyin boshqa qo‘shimcha profilaktik vositalar: tishlarni tozalaydigan ip va shakarsiz saqichdan foydalanish.
Kariyes boshqa kasallik oqibatida kelib chiqadi

Kariyes sog‘lom odamda ham paydo bo‘lishi mumkin. Kariyes bilan zararlangan tish, organizmdagi surunkali infeksiyalarning manbasi bo‘lishi mumkinligi, oqibatda yurak qon-tomir va suyak kasalliklari, shuningdek, allergik reaksiyalar kelib chiqishini unutmaslik kerak. Yel universiteti mutaxassislari kariyes pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkinligini isbotlagan. O‘pkasi yallig‘langani sabab gospitalizatsiya qilingan bemorlar aksariyatining og‘iz bo‘shlig‘i ya’ni milk va tishlari boshqalarga nisbatan yomon ahvolda ekani aniqlangan. Xavfning oldini olish uchun stomatologga yilda kamida uch marta borish, bolalarga gigiyena qoidalariga amal qilishni o‘rgatish tavsiya qilinadi.

Og‘rimagan tishlar sog‘lom bo‘ladi

Gap shundaki, kariyesning dastlabki bosqichlarida og‘riq kuzatilmasligi mumkin. Qolaversa, har bir odamda og‘riq turlicha bo‘lishi mumkinligi sabab ham qancha erta shifokorga borilsa, shuncha yaxshi.

Tish pastasidan qancha ko‘p foydalanilsa, shuncha yaxshi

Tishlar sog‘lom bo‘lishi uchun tish yuvish pastasining miqdori emas, tishlarni qanchalik to‘g‘ri tozalanishi muhim. Taxminan uch daqiqa davomida milklarni va tishlarning oldi va orqa taraflari bilan yaxshilab yuvish kerak.

Kariyes har bir zamonaviy odamda uchraydigan muammo

Arxeologlarning fikricha, ushbu muammo bundan 3-2 ming yil avval yashagan odamlarda ham kuzatilgan. Bugungi kunda esa yer yuzidagi 99 foizga yaqin odam kariyesdan aziyat chekadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.