Yozgi parhez: Jaziramada sarvqomat va sog‘lom bo‘lishga yordam beradigan ovqatlanish bilan bog‘liq 5 qoida
Yoz vazn tashlash uchun ayni muddao, lekin yaxshi natijaga erishish uchun shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tirmaslik, ayrim qoidalarga amal qilish kerak.
Foto: Getty ImagesKo‘katlarni ko‘proq iste’mol qilish
Istalgan ko‘kat turida vitamin va foydali komponentlar mo‘l-ko‘l bo‘ladi. Kletchatka organizmni tozalab, mikroflora uchun ozuqaviy muhit yaratadi. Qorinni to‘q tutadi va vazn tashlashga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham ularni kanda qilmaslik va salat tayyorlab yeyish tavsiya qilinadi.
Oqsilga boy taomlar
Hujayralar o‘sishi va tiklanishi uchun muhim bo‘lgan oqsil, a’zolar, teri va mushaklar mustahkamligida ahamiyatli sanaladi. Ferment va gormonlar ishlab chiqarilishiga yordam berib, qorinni to‘q tutadi. Aynan shu sabab ham ratsionga oqsilga boy mahsulotlarni kiritish tavsiya qilinadi.
Murakkab uglevodlar
Murakkab uglevodlar organizmni kerakli energiya bilan to‘ldiradi. Kinoa, yashil grechka va boshqa uglevodlar sekin hazm bo‘ladi. Uglevod hisobiga energiyaga olgan organizm yog‘ to‘plashga ulgurmaydi.
Ovqatlanish tartibiga amal qiling
To‘g‘ri ovqatlanishda qanchalik rejimga yaxshi rioya qilinsa, natija shunchalik sezilarli bo‘ladi. Bu esa tez vazn tashlashga yordam beradi.
Ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish
Yoz organizmi kerakli vitamin va minerallar bilan qoplash uchun eng yaxshi vaqt. Shu sabab ham odatiy taomlar o‘rniga ko‘proq foydali meva va sabzavot iste’mol qiling.
Manba