Salomatlik Goʼzallik Soch parvarishi borasida asqatadigan 8 ta maslahat

Soch parvarishi borasida asqatadigan 8 ta maslahat

O'qildi: 381


Soch parvarishi borasida asqatadigan 8 ta maslahat

Sochni kamroq yuvish istagi buni har kuni qilishdan charchagan yoki rangni uzoqroq saqlashni xohlaydiganlar uchun tabiiydir. “Lady.mail.ru” nashri soch parvarish qilishda asqatadigan maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Sulfatsiz shampunlardan foydalaning

Quruq bosh terisi va bo‘yalgan sochlar uchun sulfatsiz shampun ayni muddao: u tabiiy namlik va rangga hissa qo‘shadigan foydali moddalarni yuvib yuvormaydi. Biroq kamchiliklar mavjud: agar soch uzun bo‘lsa, bir necha marta shampunlash kerak. Yog‘li bosh terisi egalari uchun bunday vosita mos kelmaydi, chunki u yetarlicha tozalanmaydi, ammo yog‘li boshda, yog‘ bezlarining faol ishi tufayli tozalash ikki baravar samarali bo‘lishi kerak.

Tabiiy suv bilan yuving

Bir necha yil oldin AQSHda sochlarni oddiy suv va un bilan yuvish foydasiga shampunlardan voz kechish mashhur bo‘ldi. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, zamonaviy soch yuvish vositalarida faqat bir muddatga boshni tozalaydigan juda ko‘p kimyoviy elementlar mavjud. Ikkinchi yoki uchinchi kuni sochlar yana kir bo‘ladi va yuvilishni talab qiladi.

Umuman olganda, agar sizda bosh terisi qazg‘oq bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa mazkur usul mos kelishi mumkin. Ammo buning aksi bo‘lsa, sochlarni faqatgina tabiiy suv bilan yuvish lozim.

Quruq sochlar uchun mo‘ljallangan shampundan foydalaning

Quruq sochlar shampuni bir necha daqiqagina sochlarni xursand qilishi mumkin: u bir zumda ildizlardan ortiqcha yog‘ni so‘radi. To‘g‘ri, kechqurun sochlar yuvilsa ham ertasi kuni mo‘jizaviy vosita yordamida vaziyatni saqlab qolish dargumon. Shuning uchun quruq sochlar uchun mo‘ljallangan shampunni doim ishlatib bo‘lmaydi, u bosh terisini o‘ta quritib yuborishi hamda qazg‘oqlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Sochingizni turmaklang

Sochni yuvgandan keyin ikkinchi yoki uchinchi kuni uning yuvilmaganini soch turmagi bilan yashirish mumkin. Judda murakkab bo‘lmagan o‘rim yoki shunga o‘xshash boshqa turmaklar hosil qilish mumkin. Albatta, soch turmagi uning uzunligi va yuz shakliga ko‘ra tanlanadi.

Sochlarga kamroq teging

Sochga keraksiz, hatto toza qo‘llar bilan teginish odatidan xalos bo‘lishga harakat qiling. Aks holda bu odat bosh terisidan ajraladigan yog‘lar sochning butun uzunligi bo‘ylab yoyilishiga olib keladi.

Gormonlarni tekshirib ko‘ring

12—24 soatdan keyin kir bo‘ladigan sochlar gormonal buzilishlar mavjudligini ko‘rsatishi mumkin. Bu hodisa o‘smirlik, homiladorlik yoki menopauza davrida xosdir. Vaqtni o‘tkazmasdan gormonlar uchun tekshiruvdan o‘tib, endokrinolog bilan maslahatlashish lozim.

Soch turmaklovchi vositalardan foydalanmang

Mukammal soch turmagiga intilish uchun ko‘pincha sochlarga juda ko‘p muss, gel yoki lak surtiladi. Ushbu mahsulotlarning barchasi sochlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ularning zarralari bosh terisini nafas olishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada soch avvalgidan ham ko‘proq yog‘lanadi.

Sochni yuqori haroratli suvda yuvmang

Sochingizni juda issiq suv bilan yuvmaslik kerak: yuqori harorat terining tabiiy himoya qatlamini yo‘q qiladi, uning ko‘proq yog‘lanishiga olib keladi bu yana yog‘ bezlarining faollashishi bilan bog‘liq. Xuddi shu sababga ko‘ra, sochlarni fenda to‘liq quritmaslik kerak. Ideal holda, sochlarni tabiiy ravishda quritish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.