Salomatlik Goʼzallik Uy sharoitida sochlarga niqob qilish uchun ayni muddao bo‘lgan 3 mahsulot

Uy sharoitida sochlarga niqob qilish uchun ayni muddao bo‘lgan 3 mahsulot

O'qildi: 287


Uy sharoitida sochlarga niqob qilish uchun ayni muddao bo‘lgan 3 mahsulot

Sochlar qalin va jilokor bo‘lishi uchun ularni doimiy ravishda parvarish qilish va oziqlantirish muhim. Samara beradigan niqoblarni esa do‘kondan xarid qilishga hojat yo‘q. Ularni uy sharoitida ham tayyorlasa bo‘ladi.

Foto: Freepik

Kefir

Kefir nafaqat iste’mol mahsuloti, balki sochlar parvarishida ishlatiladigan eng yaxshi vosita sifatida ham ahamiyatlidir. Foydali moddalar, E vitamini, kalsiy va B guruhi vitaminlarining koni hisoblangan mahsulot bosh terisini tozalaydi. Terisi yog‘li, qazg‘og‘i bor kishilar uchun ayni muddao hisoblanadi. Soch tolalarini namlantirib, to‘kilishining oldini oladi. Yaxshi samara berishi uchun sochga kefir surtib, ustidan sellofan bilan 1 soatga o‘rab qo‘ying. Doimiy ravishda undan niqob sifatida foydalanganda sochlar jilokor va chiroyli ko‘rinadi. Ammo bo‘yoqni ketkazishi mumkin ekanligi sabab sochining rangini o‘zgartirganlarga foydalanish tavsiya qilinmaydi.

Asal

Asaldan tayyorlangan niqob sochlarni namlantirib, shikastlangan tolalarni tiklashga yordam beradi. Qolaversa, bosh terisining qichishini ham davolashga hissa qo‘shadi. Uni boshqa mahsulotlar bilan aralashtirmasa ham, o‘zi yaxshi samara beradi. Uni nam sochga surtish kerak bo‘ladi. Keyin esa sellofan paket bilan o‘rab qo‘yish kifoya. Ammo niqob qilishdan avval asalga allergiyangiz yo‘qligiga amin bo‘ling.

Zaytun yog‘i

Kalsiy, temir moddasi, fosfor, A, E va K vitaminlarining koni hisoblangan zaytun yog‘i shikastlangan soch tolalarini tiklab, ularni quyosh nurlari va zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi yupqa plyonka bilan qoplaydi. Quruq sochlar uchun ayni muddao bo‘lgan mazkur mahsulot yog‘li soch egalariga tavsiya qilinmaydi. Uni mikroto‘lqinli pechda 30 soniya ilitib, keyin soch va bosh terisiga surtish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.