Neslihan Atagul, Hande Erchel va boshqa mashhur turk aktrisalarining tabiiy go‘zallik va jozibali bo‘lish sirlari
Turk seriallari so‘nggi bir necha oy ichida internetni egallab oldi. Albatta, bosh qahramonlarning boshidan o‘tganlari hammaga qiziq, lekin turk ayollarining go‘zalligi alohida hayratga munosib. Quyida turk ayollarining doimo diqqat markazida bo‘lishiga yordam beradigan go‘zallik sirlari haqida so‘z boradi.
Maryam Uzerli
Tabiat “Muhtasham yuz yil” yulduzini serjilo sochlar, katta ko‘zlar va chiroyli lablar bilan siylagan. Qolgani to‘g‘ri olib boriladigan hayot tarzi va mahorat bilan qilingan makiyajning hissasi. Serialdagi rol uchun Maryam 10 kilogrammdan ko‘proqqa semirishi kerak edi, shuning uchun suratga olish ishlari tugagandan so‘ng aktrisa sport bilan faol shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarzini olib bordi. Maryam haftada 3 kunni faol mashg‘ulotlar uchun ajratadi va bo‘sh kunlari basseynga borishni kanda qilmaydi.
Foto: “Yandeks.ru”Aktrisa har kuni ertalab qorni ochib uyg‘onishini va to‘yimli nonushta qilishni yaxshi ko‘rishini tan oladi. Makiyajining asosiy siri — har qanday holda tushdan foydalanish, ba’zan esa jozibali strelkalar uchun qora qalam ishlatish. Aktrisaning o‘ziga xos xususiyati ko‘zlarga urg‘u beradigan makiyajdir, yuzga esa yengilgina pardoz kifoya.
Foto: “Yandeks.ru”Demet O‘zdemir
Sohibjamol Demet ko‘pchilikka “Qulupnay hidi” filmidagi roli bilan tanilgan. Uning tabiiy ko‘rinishining siri nafis blesk, kosmetik sumkasidagi sevimli mahsulotlarida. Demet faqat eng yaxshi brendlarning kosmetika vositalaridan foydalanishini tan oladi.
Foto: “Yandeks.ru”Asosiy go‘zallik sirini haftada bir marta yuzni tozalash va raqamli detoks deb ataydi. Aktrisa gadjetlar va ijtimoiy tarmoqlardan dam olish asab tizimiga va go‘zallikka eng foydali ta’sir ko‘rsatishiga ishonadi.
Foto: “Yandeks.ru”Fahriye Evjen
Fahriye “Choliqushi” serialidagi roli va chiroyli sochlari bilan mashhur. Soch parvarish qilishning turli usullariga qo‘shimcha ravishda, u maxsus tabiiy yog‘lardan foydalanadi. Ammo agar aktrisa to‘g‘ri ovqatlanish rejimini e’tiborsiz qoldirganida, ta’sir unchalik sezilmasdi. Fahriye sog‘lom ovqatlanadi va kuniga kamida ikki litr suv ichadi.
Foto: “Yandeks.ru”Shuningdek, u o‘z rejimini nazorat qiladi va uxlash uchun kamida 7 soat ajratadi. Makiyajga kelsak, aktrisa terisiga dam berishga harakat qiladi va faqat suratga olish va tashqariga chiqish uchun bo‘yanadi.
Foto: “Yandeks.ru”Neslihan Atagul
“Sevgi iztirobi” seriali yulduzi shunchaki to‘g‘ri ovqatlanadi. Uning ratsionida har doim tabiiy turk yogurti, yangi meva va sabzavotlar, nonushta uchun organik yorma mavjud.
Foto: “Yandeks.ru”Neslihan asaldan yuz niqoblari tayyorlab, terisini atirgul suvi bilan artishni yaxshi ko‘radi. Aktrisa argan yog‘ini yuz massaji uchun ham, sochlari uchun ham ishlatadi.
Foto: “Yandeks.ru”Hande Erchel
Handening blogi ham bo‘yangan, ham bo‘yanmagan holdagi yorqin selfilarga to‘la. “Malikam, endi qara” serialida suratga tushgan aktrisaning o‘ziga xos go‘zallik siri bor: u yuzini tozalashda nihoyatda puxta va ba’zida protsedurani bir necha marta takrorlaydi. Tozalash vositalarining arsenali uning terisiga og‘ir makiyajdan keyin dam olishga imkon beradi.
Foto: “Yandeks.ru”Manba