Qo‘l terisini parvarishlash uchun uy sharoitida tayyorlanadigan 3 xil niqob
Ayoz va kuchli shamol tufayli qo‘llarning nozik terisi qurib, yorilib, toshmalar bilan qoplanganmi?Oddiy va hamyonbop xalqona retseptlar yordamida qo‘l terisi do‘konlardagi yog‘li kremlarga qaraganda tezroq mukammal ko‘rinishini tiklaydi, deb yozadi The Voice Mag.
Foto: The Voice MagTuxumli niqob
Tuxum oqi qo‘llarni parvarish qilish uchun juda ham foydalidir: terining tarangligi va elastikligini samarali tiklaydi. Niqobni tayyorlash uchun faqat bir dona tuxum oqi va bir osh qoshiq asal kerak bo‘ladi. Tayyor aralashma qo‘llarga surtiladi, qurigach niqob iliq suv bilan yuviladi. So‘ngra teriga oziqlantiruvchi krem yoki kokos yog‘i surtiladi.
Kartoshkali krem
Kartoshka haqiqiy mo‘jizalarga boy, uning yordamida qo‘llarga ipakdek silliqlikni qaytarish mumkin. Ushbu kremni tayyorlash uchun 2 ta kartoshka qaynatib olinadi, maydalanib, 2 osh qoshiq sut, asal va kungaboqar yog‘i aralashtiriladi. Bunday kartoshka niqobini haftada 2 marta 15 daqiqa davomida qo‘llash kerak. Tayyor krem bir qancha muddat davomida muzlatkichda saqlanishi mumkin.
Na’matakli niqob
Yuqoridagi retseptlar orasidagi eng oson variant. Har qanday dorixonada na’matak yog‘ini sotib olish va har kuni qo‘l terisiga surtish tavsiya etiladi. Oziqlantiruvchi niqob qo‘l terisini yoshartiradi va uning elastikligini tiklaydi.
Manba