Salomatlik Goʼzallik Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilish yuz terisiga zarar yetkazadi?

Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilish yuz terisiga zarar yetkazadi?

O'qildi: 297


Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilish yuz terisiga zarar yetkazadi?

Noto‘g‘ri ovqatlanish salomatlik va terining holatiga yomon ta’sir qilishi ma’lum, ba’zi mahsulotlar yuz rangining o‘zgarishi, qizarish va shishni keltirib chiqaradi. Ammo har doim ham mahsulotning o‘zi emas, balki hazm qilishni buzadigan noto‘g‘ri kombinatsiya toksin, yog‘ birikmalari va boshqa noxush oqibatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi, deb yozadi “Noviy ochag”

Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilish yuz terisiga zarar yetkazadi?Foto: “Noviy ochag”

Sendvich bilan qahva

Qahva va kolbasa yoki pishloqli sendvich — bu kunni boshlashga odatlangan shahar aholisining standart nonushtasidir. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu kombinatsiya sog‘lom odamning qonida insulinning keskin o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Yog‘lar(pishloq, sariyog‘, kolbasa va boshqalar)qondan shakarni chiqarib tashlash jarayonini sekinlashtiradi va ichimlik tarkibidagi kofein organizmga foydali moddalarning so‘rilishiga o‘ziga xos to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Bunday nonushtaning ta’siri bir necha soat davom etadi. Bundan tashqari, kofein suvsizlanishga olib kelishi ma’lum, teri esa suvsizlanishdan hamisha aziyat chekadi.

Pomidor bilan kartoshka

Pomidorlar kislotali bo‘lib, ovqat hazm qilish muammolari va shishga olib keladi. Agar pomidor kraxmalli uglevodlar bilan bir vaqtda iste’mol qilinsa, unda bunday ovqatdan so‘ng charchoq va holsizlik, yuzda shish paydo bo‘ladi, teri rangpar va xira ko‘rinishga keladi.

Meva va yogurt

Ko‘pchilik bu kombinatsiyani mazali va foydali deb hisoblashiga qaramay, u umuman sog‘lom emas. Ushbu kombinatsiya ovqat hazm qilishga yomon ta’sir qiladi, ichak mikroflorasini o‘zgartiradi va allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin. Mevalarni boshqa mahsulotlardan alohida iste’mol qilish yaxshiroq. Ular organizm tomonidan tez so‘riladigan oddiy shakarlarni o‘z ichiga oladi, ammo yog‘lar mavjud bo‘lgan mahsulotlar bilan birgalikda ular oshqozonda uzoq vaqt qolishi, oksidlanish va fermentatsiyani boshlashi mumkin. Muzqaymoq bilan mevalarning kombinatsiyasi ham shunga o‘xshash salbiy oqibatlarga olib keladi. Agar teri haqida gapiradigan bo‘lsak, unda har qanday sut mahsulotlari teri yog‘i va endokrin bezlarning faolroq sekretsiyasiga yordam beradi.

Baliq va tuxum

Oqsillarni oqsillar bilan iste’mol qilish tavsiya etilmaydi va bu mahsulotlarning ikkalasi ham oqsil sinfiga tegishli. Ular ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi, ichaklarda fermentatsiya va chirish jarayonlarini boshlaydi. Bu, o‘z navbatida, ich qotishi, toksinlar va chiqindilarning to‘planishiga olib keladi, bu bir-ikki kun ichida yuz terisida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Sho‘r bilan shirin

Tuz va shakarni ortiqcha iste’mol qilish organizmda suyuqlik to‘planishiga va shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Ba’zan pishloq yoki murabbo bilan iste’mol qilinadigan yeguliklarni bunga misol qilish mumkin. Shuning uchun organizmdan tuzni chiqarishga yordam beradigan mahsulotlar iste’mol qilish va bu orqali shishni bartaraf etish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.