Salomatlik Goʼzallik Qanday qilib oddiy limon sizni yanada chiroyli bo‘lishingizga yordam beradi?

Qanday qilib oddiy limon sizni yanada chiroyli bo‘lishingizga yordam beradi?

O'qildi: 303


Qanday qilib oddiy limon sizni yanada chiroyli bo‘lishingizga yordam beradi?

Go‘zallik va salomatlik uchun limondan kamida 7 ta foydalanish usulini havola qilamiz. Siz ham sinab ko‘ring!

Yuzni tozalaydi

Limonlar nafaqat C vitamini va mikroelementlarga boy, balki ular tozalovchi xususiyatlari bilan ham mashhur. Bu ajoyib tozalovchi va “piling” hamdir. Limon sharbati tozalash va namlashdan tortib, qora nuqtalar va teridagi dog‘larni ketkizishgacha juda ko‘p vazifalarni bajarishi mumkin. Terining tezda tetiklashi va “piling” uchun limonni siqish shart emas, shunchaki uni teng yarmidan bo‘ling. Yarim bo‘lak limon bilan yuzingizni besh daqiqa davomida yumshoq massaj qiling. Keyin sovuq suv bilan yuvib tashlang.

Teri holatini yaxshilaydi

Qora dog‘lar yoki husnbuzar izlari yuzni nosog‘lom ko‘rsatadi. Yaxshiyamki, tadqiqotlarda, sitrus mevalaridagi kislotalar terining holatini yaxshilashga yordam berishi aniqlangan. Nafaqat limon sharbati, balki limon yog‘i ham teri uchun davo. Unda mavjud bo‘lgan vitaminlar teri qatlamlariga osongina kirib, chandiqlar va husnbuzar izlarini tezda davolashga yordam beradi. Limon sharbatini paxtali diskka siqing va yuzingizdagi muammoli joylarni artib oling, so‘ngra sovuq suv bilan yuving. Tabiiy limon sharbati bilan skrablar kabi ko‘plab go‘zallik mahsulotlari mavjud. Ulardan siz ham foydalanishingiz mumkin.

Tirnoqlarni mustahkamlang

3 osh qoshiq limon sharbati va 1 osh qoshiq bilan zaytun moyini qo‘shib aralashtiramiz. Limon sharbati tirnoqlarni mustahkamlash uchun ajoyib vositadir. Tirnoqlaringiz yarqiroq va sog‘lom ko‘rinishi uchun muntazam ravishda u bilan artib oling. Limon kislotasi tirnoqni oqartiradi, zaytun moyi ularni namlaydi.

Sochlaringizni bo‘yang

Eslab ko‘ring, o‘smirlik chog‘ida sochingizni ranglash va yarqirashi uchun limon sharbatini siqib ko‘rganmisiz?Ma’lum bo‘lishicha, bu usul sizning sochingiz sarg‘ish bo‘lsa ishlaydi. Olimlarning aniqlashicha, agar sochingizga limon sharbati sepib, uni quyosh nurida tutsangiz u yana rangliroq bo‘ladi. Sinab ko‘rmoqchimisiz?Limon sharbatini purkagichli idishga iliq suv bilan aralashtiring va sochlaringizga ko‘p-ko‘p seping. Sezilarli natijaga erishish uchun bir soat quyoshda o‘tiring.

Tirsaklardagi quruq terini yumshatish

Limonni yumshoq yuz skrabi sifatida ishlatish mumkin bo‘lganidek, ular quruq va g‘adir-budir tirsaklarni namlash uchun ishlatilishi mumkin. Buning uchun pasta hosil bo‘lgunicha limon sharbatini soda bilan aralashtiring. Qo‘llashdan keyin tirsaklaringizni uqalang, so‘ng suv yoki limon sharbati bilan yuvib tashlang. Krem ​​yoki zaytun moyi surting.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.