Chekish, ko‘zoynakdan foydalanmaslik va yuz terisiga zarar yetkazadigan boshqa kundalik odatlar
Hammaga ma’lumki, mukammal yuz terisini saqlab qolish uchun quyoshdan himoya qiluvchi kremni ishlatish va husnbuzarlar paydo bo‘lishidan qochish kerak. Shuningdek, teriga zarar yetkazadigan xatolar mavjud, ammo bu haqda ko‘pchilik bilmaydi, deb yozadi The Harper’s Bazaar Kazakhstan.
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanHovuzda suzish
Dermatologlarning fikriga ko‘ra, suvda bakteriyalar ko‘paymasligi uchun qo‘shiladigan xlor soch va terini tabiiy yog‘lardan mahrum qilishi mumkin. Shuning uchun hovuzda suzish vaqtini nazorat qilish va suzgandan keyin yuzni yaxshilab yuvish lozim.
Yon tomonga qarab uxlash ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi
Ajinlar sizni dahshatga solmasligi uchun har kecha yuqoriga qarab yoki tez-tez holatni o‘zgartirib yotish tavsiya etiladi.
Allergiyaga qarshi dorilar
Ba’zi allergiya preparatlari teri muammolariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dori tanlashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishni unutmang.
Shirinlikka bo‘lgan ishtiyoq
Agar tez-tez shokolad va pechenye bilan choy ichsangiz, bu teri holatiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shakar organizmdagi gormonal o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, bu esa kollagen tolalarining shikastlanishiga olib keladi.
Chekish
Chekish nafaqat o‘pkaga, balki teriga ham zarar yetkazadi. Bu terini erta qarishi bilan tahdid qiladi.
Makiyajga lak sepish
Ushbu layfxak makiyajni uzoq vaqt ushlab turishi mumkin, ammo teriga zarar yetkazadi. Sochga sepiladigan lakda kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular terida qichishish va qizarish paydo bo‘lishiga olib keladi.
Makiyaj bilan uxlash
Kechqurun yuvilmagan makiyaj teri teshiklarni yopadi va yallig‘lanish xususiyatini keltirib chiqaradi.
Har kuni dush qabul qilish
Bu yerda aytib o‘tish joizki, uzoq va issiq dush terining qurishi va kuyishiga ham olib keladi.
Ko‘rish qobiliyati yomon bo‘lganda ham ko‘zoynak taqmaslik
Ko‘zoynak taqmasdan doimiy ko‘zni qisib qarash yuzda ajinlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun mos keladigan ko‘zoynak taqish tavsiya etiladi.
Samolyot oynasi yonidagi o‘rindiq
Balandlikda tushadigan quyosh nurlari Yerdagiga qaraganda ancha zararli. Shuning uchun parvozdan oldin SPF qo‘llashni unutmaslik lozim.
Manba