Salomatlik Goʼzallik Tirnoqlar mustahkam bo‘lishi uchun yordam beradigan samarali maslahatlar

Tirnoqlar mustahkam bo‘lishi uchun yordam beradigan samarali maslahatlar

O'qildi: 426


Tirnoqlar mustahkam bo‘lishi uchun yordam beradigan samarali maslahatlar

Tirnoqlar rangini yo‘qotdimi, juda tez sinadimi?Demak, ushbu muammolarni baratraf etish uchun qat’iy choralar ko‘rish vaqti keldi. “Noviy ochag” nashri tirnoqlar ko‘rinishi hamda mustahkamligi uchun foydali bo‘lgan maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Biotin qabul qiling

Biotin  H va B7 vitamin deb ham ataladi B guruhi vitaminlaridan biridir. Bu suvda eriydigan modda inson organizmida qolmaydi, shuning uchun uni har kuni to‘ldirish kerak. Soch va tirnoqlarni mustahkamlash, shuningdek, asab tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun javobgar narsa biotindir. Biotin baliq, tuxum va yasmiq kabi oziq-ovqatlarda yuqori miqdorda mavjud. Shuningdek, H vitaminining kunlik iste’molini mutaxassis bilan maslahatlashgandan so‘ng parhez qo‘shimchalari yordamida to‘ldirish mumkin.

Kamroq suvga soling

Suv bilan tez-tez aloqa qilish tufayli tirnoqlar zaif va mo‘rtlashadi. Uy ishlarini bajarayotganda rezina qo‘lqoplardan foydalanib, uni minimal darajaga tushirishga harakat qilish kerak. Dush qabul qilayotgan vaqtda ham qo‘llarni suv ustida ushlab turish lozim.

Tarkib bilan tanishing

Har doim dekorativ laklar va tirnoqlarni parvarish qilish vositalarining tarkibini to‘liq o‘qish kerak. Agressiv kimyoviy moddalar tirnoq plastinkasiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Asetonni o‘z ichiga olgan suyuqliklardan foydalanmaslik lozim.

Tirnoqlar dam olsin

Dekorativ qoplamalar, ayniqsa, shellakdan kamroq foydalanish lozim. Qalin lak qatlami ostida tirnoqlar zaiflashadi va ingichkalashadi. Tanaffus qilish, niqoblar va vannalar shaklida intensiv oziqlanishni ta’minlash, bezaklarni olib tashlagandan keyin tirnoqlar kamida bir hafta dam olishi lozim.

Tirnoqlarni moylar bilan oziqlantiring

Tabiiy yog‘lar, xususan, kokos, choy daraxti, kanakunjut va zaytun yo‘gi tirnoq plastinkasini mustahkamlaydi va uning atrofidagi terini namlaydi. Barmoqlarni iliq moyli hammomda 10 daqiqa davomida namlash, so‘ngra mahsulotning qolgan qismini tirnoq ustiga surtish lozim. Jarayonning ta’sirini kuchaytirish uchun uni kechasi qo‘llab, paxta matoli qo‘lqop kiyib uxlash mumkin.

Namlantirishni unutmang

Kun davomida qo‘l tirnoqlari va terisi ko‘plab stresslarga duchor bo‘ladi. Qog‘oz va kompyuter bilan ishlash, suv va kimyoviy moddalar bilan aloqa qilish tirnoqlarning qurishiga va mo‘rtlashishiga olib keladi. Noxush oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun har kuni intensiv namlantiruvchi mahsulotlarni tirnoq atrofidagi teriga surtish tavsiya etiladi.

Ko‘proq vitaminlar qabul qiling

C vitamini tirnoqlar uchun juda foydali. Bu tirnoq plastinkasini mustahkamlashga va uning tez o‘sishiga yordam beradi. Tirnoqlarni qo‘shimcha oziqlantirish uchun ularni limon bo‘lagi bilan ishqalash kifoya — bu meva C vitaminining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Buni besh daqiqa davomida bajarish, so‘ngra qo‘lni iliq suv bilan yuvish lozim.

Turli foydali mahsulotlar iste’mol qiling

Bir qator elementlar mavjud bo‘lib, ularsiz tirnoqlarning sog‘lig‘ini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Go‘sht va oqsil manbalari, yangi meva va sabzavotlar, qovoq urug‘i va qora shokolad, baliq hamda dengiz mahsulotlarini ratsionga kiritish lozim.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.