Salomatlik Goʼzallik Sochlar sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta foydali tavsiya

Sochlar sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta foydali tavsiya

O'qildi: 342


Sochlar sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta foydali tavsiya

Ma’lum bo‘lishicha, ingliz ayollari o‘rtacha har yili soch parvarishi uchun taxminan 751 funt sterling(taxminan 900 dollar)sarflaydi — bu oyiga kamida 60 funt sterling(72 dollar)dan to‘g‘ri keladi. Ishonchimiz komilki, boshqa millat ayollarining ham xarajatlari taxminan shunday miqdorni tashkil qiladi. Stilist va mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan sog‘lom sochlarni saqlash bo‘yicha foydali maslahatlar ko‘p narsalarni tejashga yordam beradi, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Sochni to‘g‘ri yuving

Sochni qanchalik tez-tez yuvish kerakligi haqidagi savol hali ham ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ymoqda. Ammo uni qanday qilib to‘g‘ri amalga oshirishni ham o‘ylab ko‘rish lozim. Yaxshiroq tozalash uchun faqat uchlarini ishqalash, namlash va yuvish kerak emas, balki bir necha marta uqalash, ko‘pikni harakatlar uzunligi bo‘ylab taqsimlash yetarli bo‘ladi. Agar soch bo‘yalgan bo‘lsa, yuvish tartibiga ikki baravar ehtiyot bo‘lish lozim: noto‘g‘ri yuvish natijasida ular porloq ko‘rinishi hamda rangini yo‘qotadi.

Rangini yo‘qotmaslik uchun quyidagicha yuvish kerak: shampun bilan suv protseduralarini minimal darajaga kamaytirish va konditsionerni qo‘llash mumkin. Iloji bo‘lsa, yuvganda suvni iliq yoki biroz sovuqroq qilish kerak, bu bosh terisini yaxshilaydi, sochlarning tezroq o‘sishiga yordam beradi va rangning tez o‘chib ketishining oldini oladi.

Bosh terisiga g‘amxo‘rlik qiling

Soch uchun mukammal shampunni topdim deb o‘ylasangiz ham, uning bosh terisiga mos ekanini tekshirish kerak. Bu sog‘lom sochlarga birinchi va asosiy qadamdir. Qichishish, qizarish xususiyati, qazg‘oq — bu belgilarni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Shoshilinch ravishda trixolog bilan uchrashuvga yozilish yoki hech bo‘lmaganda parvarishni o‘zgartirish juda ham muhim.

Sochlarni to‘g‘ri tarang

Shuni yodda tutish kerakki, nam sochlarni tarash mumkin emas, chunki bu holatda ular juda zaifdir. Lekin ularni quruq tarash usuli ham o‘ziga xos. Chunki hammaning sochi turli xil xususiyatga ega. Taroqlar birinchi o‘rinda toza va tishlari sinmagan bo‘lishi lozim. Keng tishli taroqlar quruq sochlarni yuvgandan keyin tarash uchun, mayda tishli taroqdan esa tartibga solish uchun foydalanish mumkin. Quruq jingalak sochlar eng yaxshisi barmoqlar bilan taragan afzal.

Parvarish mahsulotlarini e’tiborsiz qoldirmang

Haftada kamida bir marta sifatli soch niqobidan foydalanish tavsiya etiladi. Niqobni qo‘llashda, sochlarning hech bo‘lmaganda yaxshi siqilganligiga ishonch hosil qilish lozim. Namlik mahsulotning soch tuzilishiga to‘liq singishiga xalaqit beradi va ortiqcha suv shunchaki mahsulotning yuvilishiga va hech qanday ta’sir qilmasdan uzunligi bo‘ylab oqishiga olib keladi.

Shuningdek, sochlarini fen bilan quritganda yoki tekislash uchun dazmoldan foydalanganda, issiqlikdan himoya qiluvchi spreydan foydalanish kerak. Qolaversa, soch salomatligida muhim bo‘lgan tabiiy yog‘lar hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ulardan haftada bir-ikki marotaba niqob o‘rnida foydalanish mumkin.

Hayot tarzini o‘zgartiring

Bu sochlarning o‘sishi va yangilanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Ratisonda sog‘lom yog‘lar(yong‘oq, avakado, yog‘li baliq)bilan to‘ldirilganligiga ishonch hosil qilish lozim, ular tom ma’noda sochni ichki tomondan oziqlantiradi. Bundan tashqari, soch o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.