Vaqti-vaqti bilan kosmetik vositalardan tanaffus qilish uchun 6 ta sabab
Albatta, kosmetikasiz yashay olmaslikning ko‘p sabablari bor. Bu ayollarga barcha afzalliklarni ta’kidlashga va kamchiliklarni yashirishga yordam beradi, tashqi ko‘rinishni yanada go‘zallashtiradi. Rostini aytganda, aksariyat ayollar balog‘at yoshidan beri bo‘yanish jarayonidan zavqlanadi. Ammo nima bo‘lishiga qaramasdan, ba’zida biroz tanaffus qilish va teriga dam berish kerak. Dermatologlar oyiga kamida bir necha marta bo‘yanmaslikni va terini dam oldirishni tavsiya qiladi. “Noviy ochag” nashri esa buning 5 ta sababini ma’lum qildi.
Foto: PinterestTeri teshiklari kamroq ko‘zga tashlanadi
Tonal krem, rumyana, konsiler, upa va boshqa kosmetik vositalari chiroyli vizual effekt yaratadi, lekin ayni paytda teshiklarni yopadi. Vaqt o‘tishi bilan ahamiyatsiz ekologiya va boshqa omillar tufayli teriga joylashadigan toksinlar bilan bir qatorda, ular teshiklarga yopishadi, ular oxir-oqibat kengayadi va sezilarli darajaga keladi. Teri teshiklarini kattaymasligi uchun yuzni muntazam tozalash va bir necha kun makiyajsiz yurishdan ko‘ra yaxshiroq usul yo‘q. Teri asta-sekin tozalanadi va yuz yanada tekis va silliq bo‘ladi.
Husnbuzarlar soni kamayadi
Qanchalik ko‘p kosmetikadan foydalanilsa, shunchalik ko‘p toksinlar yuz terisiga tushadi. Bundan tashqari, bakteriyalar makiyaj cho‘tkalar va gubkalarda ko‘p miqdorda to‘planadi. Natijada bakteriyalar teshiklarga kiribgina qolmay, balki yallig‘lanishni ham keltirib chiqarishi mumkin, ya’ni yuzga ko‘proq kosmetik vositalarni qo‘llash orqali ularni yashirishga harakat qilamiz. Shunday qilib, xulosa oddiy — kamroq bo‘yoq, kamroq husnbuzar. Taxminan 30 foiz hollarda tonal kremlar husnbuzar toshishining sababidir.
Ko‘zlar dam oladi
Afsuski, ko‘zni parvarish qilish vositalarining aksariyati keragidan ko‘ra uzoqroq xizmat qiladi. Tush va podvodka 4-6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda saqlanishi mumkin, keyin esa bu mahsulotlar infeksiya manbasiga aylanishi tabiiy. Ma’lum bo‘lisicha, tush va podvodka ko‘pincha konyunktivit infeksiyasining sabablariga aylanadi, ko‘zlar ko‘pincha qizarib, yoshlanadi. Ba’zida qichishish, achishish yoki qurishiga olib kelishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, kosmetikani boshqalar bilan baham ko‘rish orqali bakteriyalar yuqishi mumkin.
Teri holati yaxshilanadi
Makiyaj teri hujayralarining tabiiy yangilanish jarayoniga xalaqit beradi, ayniqsa, kechasi tozalanmay uyquga yotilsa. Bunday holda, epidermisning o‘lik qatlamini yangilash qiyin. Natijada ertalab yuz quruq va kulrang bo‘ladi. Yuz qachon yaxshi yuvilsa, ertalabdan bu kayfiyatga ham ta’sir qiladi.
Allergik reaksiya kamayadi
Paraben, sulfat va metall birikmalarini oddiy ayollar kosmetik vositasidan topilishi mumkin. Afsuski, ular allergik reaksiyalariga olib kelishi mumkin bo‘lgan 3700 moddaning zarralaridir. Kosmetikaga allergiya, ko‘pincha kontakt dermatit, terida qizil, qichitqi yaralar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agar bu siz bilan sodir bo‘lsa, darhol kosmetikadan foydalanishni to‘xtatib, terini bir necha kun davomida makiyajsiz qoldir kerak.
Ajinlar sezilmaydi
Afsuski, ajinlarni yashirish uchun qilingan makiyaj ularni yanada aniq ko‘rinadigan qiladi. Ko‘z ostidagi ajinlarni yashirish uchun tonal krem surtiladi va u teskari natijani ko‘rsatadi. Vosita eng kichik burmalarga kirib, uni qo‘pollashtirdi. Shuning uchun ajinlarni yashirishni to‘xtatib, terini nafas olishiga imkon berish lozim. Natijada yanada yoshroq ko‘rinishga erishish mumkin.
Manba