Salomatlik Goʼzallik Dori-darmon vositalarini qo‘llashning siz bilmagan usullari

Dori-darmon vositalarini qo‘llashning siz bilmagan usullari

O'qildi: 359


Dori-darmon vositalarini qo‘llashning siz bilmagan usullari

Agar siz ko‘p mablag‘ sarflamasdan chiroyli va go‘zal ko‘rinishni xohlasangiz sizga dorixonadagi dori-darmonlar yordam beradi.

Foto: “Izozh.ru”

Rux malhami

Husnbuzarlarga qarshi kurashishda mukammal vosita hisoblanadi: ma’lum nuqtalar bo‘ylab suring, qurigandan so‘ng uxlashga yoting. Ertalab husnbuzarlardan asar ham qolmaydi. Faqat esingizda bo‘lsin: malham terini quritadi, shuning uchun namlantiruvchi krem surishni unutmang.

Retinol malhami

Aslida retinol – ajinga qarshi kurashishda eng samarali vosita deb tan olingan A vitamini. Malham husnbuzarlarni yo‘qotishda yordam beradi. Lekin u yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ham ega. Bundan tashqari, u qizarish va qichishishni yo‘qotib, terini tinchlantiradi. Ehtiyot bo‘ling: faqat kechki payt qo‘llashingiz mumkin!Retinol ultrabinafsha nurlari bilan yaxshi kelishmaydi, ular ta’sirida pigment dog‘lari paydo bo‘lishi mumkin.

Aspirin

Boshqacha nomi — salitsil kislota. Lifting sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun bir dona tabletkani qoshiq yordamida ezib maydalang va krem holiga kelishi uchun bir choy qoshiq qaymoq qo‘shing. Niqob kabi yuz terisining ko‘z atrofidan boshqa joylariga suring. 15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving.

Kalendula damlamasi

Uni suv bilan teng miqdorda aralashtiring va losyon sifatida foydalaning. Teri teshikchalari tozalanadi va qora nuqtalar kamayadi.

Manba: “Cosmo.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.