Yozda qanday kosmetik tadbirlarni amalga oshirish mumkin?
Qanday fasl bo‘lishidan qat’i nazar biz, qizlar har doim chiroyli va yoqimli ko‘rinishimiz kerak.
Foto: FlickrLekin yilning ma’lum bir davrida yuz va tana uchun qilinadigan kosmetik amallar yoqmasligi mumkin va ko‘plab zararli natijalar berishi mumkin.
Yozda qilish mumkin bo‘lgan amallar
Mezoterapiya. Kosmetologlarning ta’kidlashicha, inyeksiyasiz mezoterapiya amalini yozgi mavsumda amalga oshirish mumkin. Bu yozning issiq kunlarida terining namlanishi va oziqlanishini ta’minlaydi. Teri namlanishi va oziqlanishidan tashqari kislorod molekulalari bilan to‘ydiriladi.Yuz va tanani massaj qilish. Yozda massajning hamma turlariga ruxsat beriladi: bo‘shashtiruvchi, limfodrenajli, shuningdek niqoblar va yengil gommaj-pilinglardan foydalanib massaj qilish. Ular teridagi suv muvozanatini tiklaydi va mushaklardagi tanglikni oladi.
Lazerli epilyatsiya. Yozgi mavsumda terining hamma sohalarida lazerli epilyatsiya o‘tkazish mumkin. Bunda teri qoraymagan bo‘lishi muhim, chunki kuyish paydo bo‘lishi mumkin.
Yozda amalga oshirish mumkin bo‘lmagan amallar
Piling amali. Yozda hatto yuzada o‘tkaziladigan piling ham yuz va tana terisining qisman pigmentatsiyasini keltirib chiqarishi mumkin. O‘rtacha piling – demarkatsiya chizig‘i holatini buzadi, chuqur piling esa butunlay giperpigmentatsiya holatiga olib keladi, bunda butun yuz terisi qoramtir dog‘lar va chandiqlar bilan qoplanadi.Shuning uchun yaxshisi pilingni yilning salqinroq vaqtlariga, quyosh unchalik faol bo‘lmagan davrga qoldirgan ma’qul.
Yuz va tana terisini oqartirish. Yozda terini oqartirish amallarini o‘tkazmagan ma’qul, chunki bu amallardan keyin quyoshda yurish holatlari ko‘p sonli kuyishlarga olib kelishi mumkin.
Manba: “Lady.tochka.net”
Manba