Salomatlik Salomatlik Massajning organizm uchun foydali tomonlari

Massajning organizm uchun foydali tomonlari

O'qildi: 387


Massajning organizm uchun foydali tomonlari

Massaj Yunoniston, Hindiston, Xitoyda qadim davrlardanoq ma’lum bo‘lgan. Massaj so‘zi paydo bo‘lishining ikkita talqini bor: biri arabchadan “massa” ya’ni “tegish, sokin bosish”, ikkinchisi yunonchadan “masso” – “qo‘llar bilan siqish” ma’nosini anglatadi.

Foto: Pinterest

Massaj, ya’ni uqalash – inson tanasini davolash va kasalliklarning oldini olishga yordam beradigan fizioterapiya usullaridan biri.

Massaj ta’siri tana mexanizmida uchta omilni o‘z ichiga oladi:

  • nero-reflektor;
  • gumoral;
  • mexanik.
Аsab tizimi massajning insonga fiziologik ta’sirida asosiy rolni o‘ynaydi. Teri va yumshoq to‘qimalarda nerv tomirlarining oxiri, retseptorlari joylashgan. Uqalash esa retseptorlarni faollashtiradi. Paydo bo‘lgan impuls nerv tomirlari orqali markaziy nerv sistemasiga boradi va miya barcha to‘qimalarga yangi sog‘lomlashtiruvchi impuls jo‘natadi. Natijada to‘qimalarda paydo bo‘lgan faol moddalar reflektor jarayoni va bioximik reaksiyani ishga soladi.

Teri va teri osti yog‘ qatlami

Uqalash paytida teri o‘lik hujayralardan tozalanadi. Ter va yog‘ bezlarining kanallari ochilib, ishlashi yaxshilanadi. Mayda tomirlar kengayadi, qon aylanishi, metabolizm yaxshilanadi. Natijada tana ortiqcha zahardan tozalanadi va yog‘ qatlami kamayadi.

Bo‘g‘im va mushaklar

Uqalash ta’sirida mushak tolalari elastikligi va qisqarish qobiliyati oshadi, mushak atrofiyasi pasayadi. Qon aylanishi yaxshilanadi, mushak charchog‘ini ketkazadi. Uqalash mushak charchog‘ini ketkazishda dam olgandan ko‘ra ko‘proq foyda beradi. Bo‘g‘im va mushaklarni uqalash orqali og‘riq, chegaralangan harakat yo‘qoladi.

Аsab tizimi

Аsab tizimi massajni birinchilardan bo‘lib sezadi. Massajning turlariga qarab asabiy holatni kamaytirish, asabiy charchoqni ketkazib, faollashtirish, refleks reaksiyasini yaxshilash mumkin. Bu asab tizimiga xotirjamlik, osoyishtalik beradi.

Qon aylanish va limfa tizimlari

Uqalash ta’sirida qon tomirlari kengayadi, qon oqimi oshadi, a’zo va to‘qimalar oziqlanishi va kislorodga to‘yinishi yaxshilanadi. Limfa oqimlarining yaxshilanishi jarohat ta’sirida paydo bo‘lgan shishlarni kamaytiradi.

Massaj amalga oshirilishi kerak bo‘lgan sharoit

Massajni havo harorati 22-24 daraja, nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo‘lmagan, toza, keng, yorug‘ va yaxshi havo aylanadigan xonada bajarish kerak. Yengil ovqatlanishdan 1-2 soat o‘tib, ichak bo‘shatilgandan keyin massaj olgan ma’qul. Uqalashdan keyin 15-30 daqiqa dam olish maqsadga muvofiq.

Qarshi ko‘rsatmalar

Tana haroratining yuqoriligi, o‘tkir ichak kasalliklari, turli teri kasalliklari, o‘tkir infeksion kasalliklar, varikoz kengayishi, qon kasalligi, yurak o‘tkir infarkti kabi hollarda massaj tavsiya etilmaydi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Mavzuga doir:

  • Ozgandan keyin osilib qolgan terini qanday taranglashtirsa bo‘ladi?
  • Ko‘z ostidagi halqa va shishlardan tezda xalos bo‘lishning 5 usuli
  • Bilib qo‘ygan yaxshi!Yuz terisini parvarish qilish haqida 10 ta fakt


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.