Salomatlik Goʼzallik Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 6 tavsiya

Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 6 tavsiya

O'qildi: 353


Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 6 tavsiya

Hamma ham tabiiy go‘zal bo‘lmasligi mumkin, lekin o‘ziga qarab yurishi boshqalarda yaxshi taassurot qoldirishi aniq. “Korolevnam.ru” nashri ayollar tashqi ko‘rinishida e’tibor berishi kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtaladi.

Foto: Hello

Sochlaringizga alohida e’tibor bering

Soch ayol kishining ko‘rki hisoblanadi, soch tartibli ko‘rinishi uchun esa bir sutka ichida 3-4 soat vaqt ajratish shart emas, toza va tartibli ko‘rinsa bo‘lgani. Kiyinib-yasanib, atir sepgan bilan sochlar kir va taralmagan bo‘lsa, umumiy tasavvur ham shunga yarasha bo‘ladi.

Tirnoqlaringiz siz haqingizda ko‘p narsa gapiradi

Qo‘llar ayol kishining qanday ekaniga ta’rif beradi. Manikyur qilingan, chiroyli qo‘llar kishida yaxshi taassurot qoldiradi. Manikyur uzun tirnoq va qip-qizil lakdan iborat bo‘lishi shart emas, asosiysi, tirnoqlar kaltalangan va tartiblangan bo‘​lsa kifoya.

Poyabzalni to‘g‘ri tanlash

Atrofdagilar birinchi tashqi qiyofaga, keyin esa poyabzalga qarashini bilasizmi?Yo‘q bo‘lsa, bilib oling. Tashqi ko‘rinishda, oyoq kiyim tanlash, uning ozodaligi muhim sanaladi. E’tibor markazida bo‘​lish uchun ikki qarich poshnali tufli kiyish shart emas, krossovkada ham malika bo‘lishingiz mumkin. Muhimi, did bilan uyg‘un kiyina bilishda.

Kiyinish usubi

Kiyinish deganda gap urf yoki trendlar haqida emas, qaddi-qomatdan kelib chiqqan holda libos tanlash haqida ketmoqda. Moda o‘zgaradi, uslub emas, shu bois kiyinish borasida o‘z uslubingizni topishga harakat qiling. Siz tanlagan libos qaddi-qomatingizning ustunliklarini ko‘rsatishi, kamchiliklarini esa yashirishi kerak.

Foto: Vogue

Ifor bu — sizning “tashrif qog‘ozingiz”

Ayol kishidan hamisha xushbo‘y ifor kelishi kerak, lekin bu borada me’yorni bilgan darkor. Ishxona yoki o‘quv muassasalarida o‘tkir atir sepmaslik kerak. Bunday atirlarni tantana va bazmlarda ishlatish tavsiya qilinadi.

Makiyajning me’yorini bilish

Ayol kishi makiyaj bilan yanada go‘zal ko‘rinadi, lekin oshirib yuborish aksincha taassurot qoldiradi. Qoshlarning tartibga keltirilgani, yuzning tabiiy qizg‘ishligi va labning o‘z rangidan farq qilmagan darajada  bo‘yalishi tabiiy go‘zallikka urg‘u beradi. Chizilgan qosh, chaplangan ko‘z va yuzning keragidan ortiq qizartirib olinishi e’tibor jalb qilishni istagandek tasavvur beradi.

Mavzuga doir: 

  • Trendda bo‘lish uchun ortiqcha pul sarflash shart emas. Bisotingizda boridan foydalanib zamonaviy bo‘lishingiz mumkin
  • Charm bilan esda qolarli 5 obraz(foto)
  • 2020-yil bahor-yoz mavsumida qanday shimlar urfda bo‘ladi?
  • Yomon ko‘rinishingizga sabab bo‘layotgan ovqatlanishdagi 7 xato


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.