Salomatlik Goʼzallik Yuz terisining holati 20 yoshda tabiatga, 30 yoshda esa hayotga bog‘liq

Yuz terisining holati 20 yoshda tabiatga, 30 yoshda esa hayotga bog‘liq

O'qildi: 277


Yuz terisining holati 20 yoshda tabiatga, 30 yoshda esa hayotga bog‘liq

Sizni tabiat go‘zallik bilan siylaganiga qaramay ushbu go‘zallikni saqlab qolish o‘z qo‘lingizda.

Foto: The Kushion

Makiyaj bilan uxlash

Teri sog‘lomligi va go‘zalligi uchun uyquning ahamiyati katta. Tunda hujayralar yangilanish va qayta tiklanish xususiyatiga ega. Buning uchun esa teri toza bo‘lishi va nafas olishi kerak. Uyqudan avval yuvilmagan va tozalanmagan makiyaj teri teshikchalarining yopilishiga sababchi bo‘lib, yuzda qizarish va husnbuzarlar paydo bo‘ladi. Shunday ekan chiroyli ko‘rinish uchun faqatgina iste’mol mahsulotlari va go‘zallik muolajalariga emas, balki yuzingizni makiyajdan tozalab, keyin uxlashga ham e’tibor bering.

SPF vositalaridan foydalanish

Aksari ayol va qizlar quyoshning ultrabinafsha nurlaridan saqlanish maqsadida SPF vositalaridan foydalanadi. Aslida, SPF kremlarni 25 yoshdan keyin, yuzda birinchi ajin paydo bo‘lganidan so‘ng ishlatish kerak. Shuningdek, bunday vositalar 2 soatlik ta’sir kuchiga ega bo‘lishini ham unutmaslik lozim. Quyoshdan himoyalovchi kremlarni ertalab, ish yoki o‘qishga ketishdan avval surtishingizga ishonchimiz komil. Quyosh nurlari tushlik vaqtida avjiga chiqqan, siz uydan chiqishdan avval surtgan krem bo‘lsa, bu vaqtga kelib ta’sir kuchini yo‘qotgan bo‘ladi. Shuning uchun mutaxassislar bunday kremlarni bir kunda bir martadan ko‘p, nafaqat yozda, balki kuz va bahor fasllarida ham foydalanishni tavsiya qiladi.

Teriga e’tiborsiz bo‘lish

Yosh o‘tganidan keyin terining avvalgidek tarang bo‘lmasligi o‘lik hujayralar bilan bog‘liq. Gap shundaki, teri qarishni boshlaganidan keyin undagi o‘lik hujayralar yuzaga chiqa boshlaydi va namlantirish, parvarishlash kabi muolajalar ta’sir qilmasligi yoki foydasi bo‘lmasligi mumkin. Ta’sir qilishiga teri yuzasidagi o‘lik hujayralar to‘sqinlik qiladi. O‘lik teri hujayra va ularning qoldiqlarini olib tashlash jarayoni eksfoliatsiya deb ataladi. Buni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish yaramaydi, shifokor-dermatolog va kosmetolog tavsiyalariga asosan olib borish kerak.

Yetarli bo‘lmagan uyqu

Uyqusizlik hisobiga siz ertangi kun uchun lohaslik va susaygan immunitetni orttirib olasiz. Terining erta qarishi sabablaridan biri charchoq va dam olmaslik ekani, olimlar tomonidan allaqachon isbotlangan. Ayol va qizlarning terisi kun davomida ultrabinafsha nurlar, shamol, atmosferaning chiqindi gazlaridan aziyat chekkani yetmagandek, kunlik makiyaj hisobiga ham nafas ololmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmaganda, kechasi charchoq chiqarishi, nafas olishiga qo‘yib berish kerak.

Makiyaj uchun tozalanmagan cho‘tkadan foydalanish

Yuvilmagan va tozalanmagan cho‘tkalarni qayta-qayta ishlatib, yuzingizga turli bakteriyalar kirishiga sharoit yaratib berasiz. Oqibatda yuzni vaqtida tozalab, namlantirib yurganingiz ham samarasiz bo‘lib qoladi. Shu sababdan haftada bir marta cho‘tkalarni tozalab turish tavsiya qilinadi.

Shirinlikka ruju qo‘yish

Shirinliklar terining yosh ko‘rinishini ta’minlovchi kollagen va elastinning eng asosiy dushmanlaridan biri hisoblandi. Ajin, husnbuzar va turli dog‘lar paydo bo‘lishida esa shokoladning xizmati katta. Shokoladni taomnomadan chiqarib tashlash oson bo‘lmasligini inobatga olgan holda salomatlik va go‘zalligingiz uchun haftada bir marta iste’mol qilishni tavsiya qilamiz.

Go‘zallikka oshnolar uchun:

  • Ulama kiprik, kosmetik vositalar. Kipriklar ko‘p to‘kilishining sababi nimada?
  • Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli
  • Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato
  • Ikki haftada qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.