Salomatlik Goʼzallik Ayol kishining qarishni boshlaganidan dalolat beruvchi belgilar

Ayol kishining qarishni boshlaganidan dalolat beruvchi belgilar

O'qildi: 324


Ayol kishining qarishni boshlaganidan dalolat beruvchi belgilar

Ayol kishi necha yosh bo‘lishidan qat’i nazar o‘ziga xos go‘zal va betakror bo‘lib qolavergani bilan, ma’lum yoshda qarish belgilari paydo bo‘lishini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Ushbu o‘zgarishlar tashqi ko‘rinish, psixologiya va his-tuyg‘ularda sezila boshlaydi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlar

Yuzning burun chetida ajin va chiziqlar paydo bo‘lishni boshlaydi. Yuz shakli va rangida ham ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar, bundan tashqari ko‘z tagida qora xaltachalari ham kuzatila boshlaydi. Qomatda ham o‘ziga yarasha o‘zgarishlar yuz beradi. Yosh bilan bog‘liq gormonal o‘zgarish sabab vazn ortishi kuzatilishi mumkin. Soch avvalgidan zaiflashadi va to‘kiladi. Tirnoqlar plastinkasi mustahkamligi ham o‘zgarib, rangi xiralashadi.

Psixologik o‘zgarishlar

Yosh o‘tgani faqat tashqi ko‘rinish emas, psixologiyaga ham ta’sir qiladi. Bu ehtiyotkorlik va murakkab hayotiy muammolarga to‘g‘ri yechim topish bilan namoyon bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, hayotiy tajriba natijasida ayol avvalgidan donoroq bo‘lib qoladi. Yangi odatlar, qiziqishlar paydo bo‘la boshlaydi, ko‘pincha ayollar uyda vaqt o‘tkazishni istab qoladi. Bundan tashqari oila a’zolariga aytganini qildirish istagi paydo bo‘lishi ham kuzatilishi mumkin.

Emotsiya va his-tuyg‘ularda o‘zgarishlar

Ayollar gormonal o‘zgarish sabab emotsiyaga beriluvchan, tez xafa bo‘ladigan yoki achchiqlanadigan bo‘lib qolishi mumkin. Bu tabiiy hol bo‘lib, organizmning o‘zgarishga nisbatan reaksiyasi hisoblanadi. Bu vaqtda ayollarga stressdan uzoq bo‘lish, sevimli mashg‘ulotlari bilan band bo‘lish, ko‘ngil yozish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.