Salomatlik Salomatlik Organizm qarishni boshlaganidan darak beruvchi 5 belgi

Organizm qarishni boshlaganidan darak beruvchi 5 belgi

O'qildi: 292


Organizm qarishni boshlaganidan darak beruvchi 5 belgi

Yosh o‘tishi bilan salomatlik va organizmda muammolar ko‘paya boshlaydi. Ammo ba’zilarda yoshga nisbatan erta kuzatiladigan holatlar ko‘zga tashlanishi, bu esa turli simptomlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Foto: Freepik

Qo‘llar kuchsizlanadi

Qo‘l qisib ko‘rishish va hatto bankaning qopqog‘ini ochishda ham kuch yetmaganidan qiynalish yosh o‘tayotganidan darak berishi mumkin. The Lancet nashrida e’lon qilingan tadqiqotda ma’lum qilinishicha, qo‘l siqishning kuchsizligi turli sabablarga ko‘ra o‘lim xavfining 16 foizga yuqori ekanini bildiradi. Gap shundaki, yosh o‘tishi bilan mushaklar massasi yo‘qolib boradi va bunga chora ko‘rilmasa, qarish jarayoni erta boshlanishi ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Bel sohasida yog‘ to‘planishi

Yosh o‘tishi bilan hammaning vazni o‘zgarib borishi mumkin, lekin qomatning erkaklarnikiga o‘xshashi, ya’ni yog‘ning bel sohasida yig‘ilishi befarq bo‘lmaslik kerak bo‘lgan jarayon hisoblanadi. 2019-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda qorin sohasida yog‘ to‘plangan ayollarda yurak xavfli kasalliklari bo‘ksasida yog‘ to‘planganlarga nisbatan ikki karra ko‘proq ekani ma’lum bo‘lgan.

Yurishning sekinligi

Yurish darajasining qanchalik tez ekani ham qarishni aniqlashga yordam beradi. 900 nafar ishtirokchi qatnashgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yurishi boshqalarga nisbatan sekinroq bo‘lgan kishilarning jismoniy salomatligida muammo borligi, hamda kuzatuvchilar ularning yoshini katta deb hisoblagani ma’lum bo‘lgan. 2018-yil Britaniyaning tibbiyot jurnalida taqdim qilingan tadqiqotda esa kun davomida soatiga 6 km tezlikda sayr qilish o‘lim xavfini 20 foizga kamaytirishi aniqlangan.

Suyak sinishining ko‘p kuzatilishi

Suyaklar mo‘rtlashishi keksalik yaqinlashayotganidan yana bir darak hisoblanadi. 40 yoshdan keyin organizmda kalsiy kamayadi, yildan yilga ushbu jarayon tezlasha boshlaydi. Qolaversa, yosh o‘tishi bilan hujayralar suyaklar mustahkamligi uchun ahamiyatli bo‘lgan D vitaminini saqlashi qiyin kechadi, oqibatda jarohatlanish, sinish-chiqish holatli ko‘p kuzatiladi.

Yuz proporsiyasi o‘zgaradi

Yillar o‘tishi bilan kamayib boradigan yana bir muhim modda – terining tarangligida muhim rol o‘ynaydigan va himoya setka vazifasini o‘taydigan kollagen hisoblanadi. U qanchalik kamaysa, teri to‘qimalari shunchalik o‘zgara boshlaydi. Shuningdek, yosh katta bo‘lgani sayin jag‘ning o‘zgarishi yuz proporsiyasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.