Salomatlik Goʼzallik Burun ustidagi qora dog‘larni ketkazuvchi 5 ta niqob

Burun ustidagi qora dog‘larni ketkazuvchi 5 ta niqob

O'qildi: 349


Burun ustidagi qora dog‘larni ketkazuvchi 5 ta niqob

Gormon o‘zgarishi natijasida o‘spirinlar duch keladigan muammolardan biri burun, peshona, iyak sohalaridagi qora dog‘larning paydo bo‘lishidir. Ammo ular keyinchalik ham hamroh bo‘lsa, undan xalos bo‘lishning bir qancha usullari bor. Buning uchun ko‘p narsa talab etilmaydi, niqoblarni uy sharoitida tayyorlash mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Yuzda qora dog‘lar paydo bo‘lishining sabablari

Ularning sababi bir qancha. Qora dog‘lar har doim ham yog‘li yuzlarda emas, yog‘ bezlari kanallari yopilib qolganda teri ostiga yog‘ to‘planadi, bu oq massa tashqaridan qora nuqta bo‘lib ko‘rinadi. Bunday qora dog‘lar quruq yuzli qizlarda ham chang va tashqi ta’sir tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yuzga mos tushmagan kremlardan foydalanish ham qora dog‘larning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar yordamida qora dog‘larni ketkazish

  • Niqobning qora dog‘larga ta’sir qilishi oddiy. Teriga yopishtirilgan kuchli plyonka yechilganda terining bo‘shliq qismlarigacha tortib oladi. Bunday mahsulotni dorixonadan sotib olish shart emas. Chunki u eng oddiy mahsulotlardan tayyorlanadi. Masalan, tuxum oqini yaxshilab ko‘pirtirib, yuzning muammoli qismiga surtiladi. Ustidan qog‘oz salfetka qo‘yilib, yana tuxum oqi surtiladi. Qatlamlar iloji boricha qalinroq bo‘lishi kerak. Niqob qurishi uchun yuzda 20-30 daqiqaga qoldiriladi va keskin harakat orqali yuzdagi salfetka tortib olinadi. Salfetka qanchalik tez yechilsa, samarasi shuncha yaxshi bo‘ladi.
  • Shuningdek, uy sharoitida tayyorlanuvchi yana bir ajoyib niqobga sharbat yoki sut va bir juft qoshiq jelatin kifoya. 100 ml sut ilitilib, jelatin qo‘shiladi. Yarim soatdan so‘ng bug‘ga qo‘yib aralashtiriladi. Massa soviguncha yuz makiyajdan tozalanadi. Niqob qora nuqta bor joylarga paxta yordamida surtiladi.Yarim soatdan so‘ng niqob iyakdan boshlab yechiladi. Yuz yuvilgandan so‘ng namlantiruvchi krem surtiladi.
  • Nuqtalarni eng samarali davolash usullaridan biri oq loy(kaolin)bo‘lib, uni har qanday dorixonadan kukun shaklida topish mumkin. Buning uchun kukun suv bilan yetarlicha qalin massaga aylantiriladi, yaxshilab aralashtiriladi. Ko‘z va lablar atrofidan tashqari muammoli joylarga surtiladi. 15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuvib yuboriladi.
  • Yana bir xalqona usul – 20 daqiqa davomida kefir yuzga surtiladi. Uning tarkibidagi kislota yog‘larni eritib, qora dog‘larni yo‘qotadi. Ushbu niqob yog‘li yoki aralash yuzlarda juda yaxshi samara beradi.
  • Qora dog‘larni ketkazishda doim ro‘zg‘ordan topiladigan ichimlik sodasidan ham foydalanish mumkin. Ichimlik sodasi issiq suvga solinib, hosil bo‘lgan massa 40 daqiqa davomida yuzga surtiladi. Ushbu niqobdan bir oy davomida haftasiga ikki marotaba foydalanish mumkin. Ham arzon, ham samarali.
Shuningdek, uyda jo‘xori uni, salitsil kislotasi hamda limon sharbati yordamida niqoblar tayyorlab, qora dog‘lardan xalos bo‘lish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.