Yuzdagi qora nuqtalarni oddiy vazelin va plyonka bilan ketkazish bo‘yicha videoqo‘llanma
Go‘zalligi va tashqi ko‘rinishiga bee’tibor bo‘lmagan ayollar uchun “Domashniy ochag” yuzdagi nuqtalarni oddiy vazelin va oziq-ovqat plyonkasi bilan ketkazish mumkinligini ko‘rsatib bergan byuti-blogerning videoqo‘llanmasini e’lon qildi.
Buning uchun:
Foto: “Domashniy ochag”1. Birinchi bo‘lib burun va yuzning qora nuqtalar ko‘p qismiga qalin qilib vazelin surting. Ortiqcha qo‘shimchalarsiz oddiy vazelindan foydalanish tavsiya qilinadi.
2. Keyingi bosqichda bo‘lsa, maz surtilgan yuz qismi ustidan ikki qavat qilib oziq-ovqat plyonkasini qoplang. Burun teshiklarini nafas olish uchun ochiq qoldiring.
Foto: “Domashniy ochag”3. Ko‘rsatma kechasi amalga oshirilishi, ertalabgacha turishi kerak bo‘ladi.
Foto: “Domashniy ochag”4. Tongda plyonkani olib, paxtali tayoqcha bilan burun va yuz qismini tozalang.
https://youtu.be/4owXAqgK0yQ
5. Poralardan qora nuqtalar ajralib chiqqaniga guvoh bo‘lasiz. Ushbu samarali usul go‘zallashtirish muolajalaringiz ketma-ketligidan o‘rin olishiga shubha yo‘q.
Manba