Nima uchun kosmetologlar tongda yuzni muz bo‘lagi bilan artishni tavsiya qiladi?
Yuzni muz bo‘lagi bilan tozalash eng qadimgi va samarali vositalardan biridir. Bu uslubdan Merilin Monro va Marlen Ditrix unumli foydalangan, ammo ancha vaqtgacha kosmetologlar buni qabul qilmagan. Hozirgi davrda esa muzda yuvish amaliyoti yana ommalashmoqda. Qanday qilib muzdan foydalanish jarayoni haqida quyida to‘liq ko‘rsatma berilgan.
Foto: Harper’s BazaarNima uchun kerak?
Albatta, ushbu jarayon bir qancha afzalliklarga ega. Muz bo‘lagi tun bo‘yi hosil bo‘lgan ko‘z ostidagi shish, ko‘karish va xaltachalarni bir zumda bartaraf etadi va terini tetiklashtiradi. Shuningdek, tanani uyqudan uyg‘otadi. Ushbu jarayon qon oqimini rag‘batlantiradi, natijada yuz terisining rangi yorqin va silliq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, muntazam ravishda muz bilan yuvish teri hujayralarining yangilanishiga yordam beradi, qarishni sekinlashtiradi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Undan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish kerak?
Ko‘proq samaradorlikka erishish uchun nafaqat oddiy toza suv, balki turli xil faol moddalarni ham muzlatish mumkin. Masalan, moychechak va uzum urug‘i yog‘i yoki greypfrut va ko‘k choyni muzlatish mumkin. Agar teri juda quruq bo‘lsa, muzlaydigan aralashmaga krem yoki kosmetik moy qo‘shish mumkin. Yodda tutish kerak, o‘simlik tarkibiy qismlari allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin. Ushbu jarayonni boshlashdan avval yuzning biroz qismini muz bo‘lagida artib ko‘rish kerak. Agar toshma yoki qizarish yuz bermasa, jarayonni to‘liq amalga oshirish tavsiya etiladi.
Quyidagi ko‘rsatmada bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak bo‘lgan tavsiyalar mavjud:
- Jarayon terini tozalashdan boshlanadi. Yuzni yuvishda odatdagi yuvish geli yoki ko‘pikdan foydalanish mumkin. Agar bu ish tunda amalga oshirilsa, avval pardoz yaxshilab yuviladi.
- Ish limfa tugunlarini rag‘batlantirish uchun bo‘yin va dekoltedan massaj qilish orqali boshlanadi.
- Burun va unga bo‘lgan parallel chiziqdan aylana shaklda yuqori va pastga qarab harakatlanish kerak.
- Muz bo‘lagini bir joyda 2-3 soniyadan ko‘proq ushlab turmaslik va kuchli bosimga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ko‘z atrofi yanada yumshoq aylanib chiqiladi. Sababi aynan ko‘z atrofi terisi yuzning qolgan qismiga qaraganda ancha yumshoq va shikastlanishi oson.
- Agar muz oddiy suvdan hosil bo‘lgan bo‘lsa, jarayon yakunlangandan so‘ng krem surish tavsiya etiladi.
Afsuski, bunday uy sharoitidagi parvarish hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Mutaxassislar yuzda o‘zgarish alomati ko‘rina boshlagan sezgir teri egalariga tajribani o‘tkazmaslik tavsiya qiladi. Chunki bu terining holatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, ushbu holat yuzida husnbuzar va boshqa yallig‘lanishlardan azob chekayotganlarga ham tegishli – bu holda muz vaziyatni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.
Manba