Salomatlik Goʼzallik Teri yosh ko‘rinishiga yordam beruvchi 10 mahsulot

Teri yosh ko‘rinishiga yordam beruvchi 10 mahsulot

O'qildi: 249


Teri yosh ko‘rinishiga yordam beruvchi 10 mahsulot

Inson umri davomida iste’mol qilgan oziq-ovqatlar tufayli keksayish jarayonini tezlashtirib yuboradi. Sababi barcha mahsulotlar ham tanaga bir xilda ta’sir o‘tkazmaydi. Ammo ular orasida ajin tushishi va qarishni sekinlashtiruvchilari ham mavjud.

Foto: Pinterest

Lavlagi

Lavlagi tanani tozalaydi. Uni muntazam iste’mol qilish teri holatiga tezda ta’sir o‘tkazadi. Husnbuzarlar yo‘qoladi, teri rangi yaxshilanadi va teri hujayralari ko‘proq kislorod oladi. Bir kunda bir dona lavlagi iste’mol qilish organizm uchun me’yor hisoblanadi.

Petrushka

Terini yoshartirishda samarali hisoblangan ushbu mahsulot glutation ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, shifokorlar barcha antioksidantlarning onasi deb ataydigan noyob ozuqa hisoblanadi. Organizmning glutation ishlab chiqarish qobiliyati genetik jihatdan aniqlangan va so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odamlarning 30 foizida glutation faolligi yetarli emas. Kuniga 3-4 yaproq petrushka iste’mol qilish organizm uchun foydali.

Qovoq urug‘i

Qovoq urug‘idagi rux moddasi qarishning oldini oladi, terini taranglik bilan ta’minlaydi. Shuningdek, hujayralarni ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, ajinlar bilan kurashib, teri holatini yaxshilaydi. Kuniga bir hovuch qovoq urug‘ini tanovul qilish teri uchun juda foydali hisoblanadi.

Sariyog‘

Sariyog‘ terini silliqlaydi, qizarishni kamaytiradi, teridagi namlik muvozanatini saqlaydi. Haftasiga bir qadoq sariyog‘ iste’mol qilish teri uchun ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Yog‘li baliq

Yog‘ kislotalari yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Teri, tirnoq va sochlarning holatini yaxshilaydi. Unchalik xush ko‘rilmaydigan baliq yog‘i teri yuzasini silliq qilib, ajinlarni kamaytiradi. Teri parvarishi uchun eng yaxshi mahsulotlardan biridir. Haftasiga 300 gramm baliq iste’moli salomatlik uchun ham foydali.

Kakao

Kakao erkin radikallarga qarshi kurashadi va epidermisdagi yallig‘lanishni kamaytiradi. Kuniga bir choy qoshiq kakaoni ichimlik shaklida qabul qilish mumkin.

Bodom

Teri elastikligi uchun ushbu mahsulot qon tomirlarini mustahkamlaydi va kuperozning oldini oladi, chunki tarkibida arginin mavjud. Kun davomida 10-15 dona tanovul qilish tavsiya etiladi.

Tomat pastasi

Pomidor tarkibidagi likopen boshqa ko‘plab moddalardan farqli o‘laroq tanaga yaxshi singadi. Unga ishlov berilgandan keyin samarasi yanada ortadi. Shuning uchun tomat pastasi yangi pomidorga qaraganda foydali. Likopen erkin radikallarning faolligini bostiradi va eng yaxshi antioksidant hisoblanadi. Buning uchun kuniga 2 osh qoshiq tomat pastasi yoki 1 stakan tomat sharbati iste’mol qilish mumkin.

Limon

Limon tanadan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Immunitet tizimini, shu jumladan, terining himoya funksiyalarini rag‘batlantiradi. Terini yoshartiruvchi ushbu mahsulotni istagancha iste’mol qilish mumkin.

Zanjabil

Zanjabil yallig‘lanishni kamaytiradi, limfa oqimini rag‘batlantiradi. Shishlarni bartaraf etadi va teri elastikligini oshiradi. Kuniga bir choy qoshiq maydalangan zanjabil kukunini choyga qo‘shib ichish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.