Salomatlik Goʼzallik YSL brendi aynan siz xohlagan rangni hosil qiluvchi gadjet— lab bo‘yog‘ini sotuvga chiqardi

YSL brendi aynan siz xohlagan rangni hosil qiluvchi gadjet— lab bo‘yog‘ini sotuvga chiqardi

O'qildi: 273


YSL brendi aynan siz xohlagan rangni hosil qiluvchi gadjet— lab bo‘yog‘ini sotuvga chiqardi

Zamonaviy texnologiyalar hayotni tom ma’noda o‘zgartirishi bilan bir qatorda, go‘zallik sanoatiga ham faol kirib kelmoqda. Terini parvarishlash uchun kosmetologga murojaat qilishning o‘rnini bosuvchi byuti-devayslar hozirda ajablanarli emas. Endi esa faqat siz uchun rang yaratib beruvchi lab bo‘yog‘i gadjetiga nima deysiz?

Foto: Harper’s Bazaar

“Yves Saint Laurent Beaute Rouge Sur Mesure Powered by Perso” – bu birgina nom xolos. Makiyaj haqidagi o‘ylarni tubdan o‘zgartiradigan eng so‘nggi qurilma. Tanlangan ranglar sxemasida qizil, malla, sarg‘ish yoki to‘q pushti ranglar bo‘yicha lab bo‘yog‘i rangini yaratish imkoniyatiga ega. Buning uchun moslamaga YSL Beauty Velvet Cream Matte Finish teksturasi bilan mos keladigan 3 ta kapsulani kiritish va kerakli parametrlarni o‘rnatish kerak. Natijada juda kamyob ranglar hosil bo‘ladi. Shuningdek, qurilma obraz uchun ham mos rangni tanlay oladi. Yoki taqdim etilgan suratga qarab ham rang nusxalashi mumkin. U Bluetooth texnologiyasidan foydalangan holda jarayonni amalga oshiradi.

Foto: Harper’s Bazaar

Shuningdek, bu kabi go‘zallik robotining o‘ziga xos cheklovlari ham bor. Birinchidan, u faqat YSL lab bo‘yog‘i kapsulalarida ishlaydi. Ikkinchidan, u turli xil rang sxemalaridagi ranglarni aralashtirmaydi, buni amalga oshirishning imkoni yo‘q. Hozircha uni kosmetik vositalar do‘konidan ham topib bo‘lmaydi. Mahsulotni faqat buyurtma orqali bir necha oydan so‘ng xarid qilish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.