Salomatlik Salomatlik Stress va xavotir hissini bartaraf etishda yordam beradigan 7 ta eng yaxshi ichimlik

Stress va xavotir hissini bartaraf etishda yordam beradigan 7 ta eng yaxshi ichimlik

O'qildi: 382


Stress va xavotir hissini bartaraf etishda yordam beradigan 7 ta eng yaxshi ichimlik

Stress va zamonaviy jamiyat deyarli sinonimga aylandi. Axborotning haddan tashqari ko‘pligi, aqldan ozdiruvchi ritm, uyqusizlik va shunga o‘xshash tashqi omillar inson psixikasiga kuchli ta’sir qiladi. Shunday vaqtda tinchlantiruvchi amaliyotlar uchun vaqt va kuch bo‘lmaganda qanday yo‘l tutish kerak? “Lisa.ru” nashri ushbu muammoda yordam beradigan ichimliklar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: ConsumedStress — bu sog‘lom organizmning tashqi ogohlantirishlarga va ortiqcha ishlashga nisbatan normal reaksiyasi. Shu tarzda u o‘zini zo‘riqishdan va kuchli faollikdan himoya qiladi, bu esa biroz dam olish vaqti kelganiga ishoradir.

Ko‘pincha, bularning barchasini bir stakan iliq o‘simlik choyini ichish orqali oldini olish mumkin. Hatto ba’zi xushbo‘y hidlarni hidlash ham ortiqcha tashvishlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Quyida stressda tez va samarali kurashadigan eng foydali ichimliklar ro‘yxati bilan tanishib chiqish mumkin.

Melissa choyi

Melissa ming yillar davomida stressni yengillashtiruvchi giyoh sifatida foydalaniladi. U odamni asabiylashish, depressiv kayfiyat, bosh og‘rig‘i va charchoqdan qutqaradi. Melissa uyqusizlikka qarshi kurashda ham juda samarali vosita. Chunki uyqu va stress bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir.

Moychechak damlamasi

Moychechak gullari miya faoliyatiga va asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan apigeninni o‘z ichiga oladi. Moychechak choyi stressni yengillashtiradi va asablarni tinchlantiradi, uyqusizlik alomatlarini bartaraf etadi, vahimani kamaytiradi va hatto mushaklar spazmini davolaydi. Doimiy ravishda migren va qattiq bosh og‘rig‘idan aziyat chekadiganlar uchun moychechak choyini ichish tavsiya etiladi.

Lavandali choy

Lavanda choyi o‘ziga xos ta’m va hidga ega. Lavanda qon aylanishini me’yorga keltiradi, tinchlantiradi, charchoq va asabiylashish xurujlarini yengillashtiradi.

Valerian ildizidan o‘simlik choyi

Valerian ildizi tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Uning choyi uyqusizlik, asabiy taranglik, tashvish va hayajon, asabiylashishga qarshi kurashda keng qo‘llaniladi. Valerian ildizi tezroq uxlab qolishga yordam beradi va chuqur uyqu vaqtni oshiradi va shu bilan og‘ir ish kunidan keyin organizmning tezda tiklanishiga hissa qo‘shadi.

Yalpiz bargli choy

Yalpiz barglaridagi mentol ham tinchlantiruvchi vositadir, shuning uchun yalpizli choy stressni yengillashtirish va uyquni yaxshilash uchun juda ajoyib tanlov. Bundan tashqari, yalpiz moylari ko‘pincha aromaterapiya va tinchlantiruvchi nafas olish amaliyotlarida qo‘llaniladi.

Suli o‘simligi damlamasi

Bu o‘simlik choyi suli poyasi, urug‘i va gullaridan tayyorlanadi. Suli choyi ekstrakti ko‘p asrlar davomida an’anaviy tibbiyotda dam olish, kayfiyatni yaxshilash va charchoqni yo‘qotish uchun ishlatilgan. Uning tarkibida saponinlar — metabolizmni yaxshilaydi, flavonoidlar — antioksidantlar, fitosterollar — qon xolesterinini kamaytiradi va D, E, B1, B2 vitaminlari mavjud.

Zarchavali bodom suti

“Oltin sut” — bu ichimlik o‘zining tilla rangi uchun shunday ataladi va organizm uchun foydalidir. Bu nafaqat kuchli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, balki charchoqdan tezda xalos bo‘lishga ham yordam beradi. O‘simlik suti bodom va suvdan olinadi va zarchava bilan kombinatsiyasi tufayli bunday ichimlik organizmni tinchlantirishga va yaxshi uxlashga hissa qo‘shadi.

Ko‘rib turganingizdek, bu ichimliklarning barchasi stress va tashvishlanishga qarshi kurashda ajoyib yordamchidir. Eng muhimi, ularning barchasi tabiiy va mutlaqo xavfsiz. Salomatlik uchun maksimal foyda olish bilan birga, ularning yoqimli ta’mi va hididan bahramand bo‘lish mumkin.

Mavzuga doir:

  • Sirka, zanjabil, bodring va salomatlikni yaxshilashga yordam beradigan boshqa detoks mahsulotlar
  • Organizmda energiya tanqisligining birinchi belgilari va u bilan kurashish usullari
  • Salomatlikni mustahkamlashda yordam beradigan 7 maslahat
  • Iste’mol qilish xavfli bo‘lgan 5 ta yarim tayyor muzlatilgan mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.