Salomatlik Goʼzallik Tungi kosmetik vositalarning hamma ayollar bilishi kerak bo‘lgan foydali xususiyatlari  

Tungi kosmetik vositalarning hamma ayollar bilishi kerak bo‘lgan foydali xususiyatlari  

O'qildi: 313


Tungi kosmetik vositalarning hamma ayollar bilishi kerak bo‘lgan foydali xususiyatlari  

Teri tunda yanada faollashadi: yangilanadi, namlikni tiklaydi. Bu vaqtda kosmetikadan foydalanish tashqi ko‘rinishga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: “Moy sekret”

Inson tunda dam oladi, terisi esa aksincha. Qayta tiklanish, suv balansini yaxshilash jarayonlari soat 22:00 dan 4:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida faollashadi. Shuning uchun, tungi kosmetik parvarish va sog‘lom uyqu go‘zal ko‘rinishning kalitidir.

Uyquga yotishdan oldin go‘zallik uchun amalga oshiriladigan amallar uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak:

Tozalash. Terining tozalanganiga ishonch hosil qilish lozim. Birinchidan, makiyaj mitselyar suvi yoki maxsus vosita bilan yuviladi. Keyin teri turiga mos keladigan yuvish vositasidan foydalaniladi – gel, ko‘pik(penka), sut(molochko).

Tonusini oshirish. Tozalashdan keyin yuzni tonik bilan artish kerak. Bu pH darajasini tiklaydi, keyingi parvarish samaradorligini oshiradi.

Oziqlantirish. Tungi parvarishning uchinchi bosqich uchun javobgardir. Ko‘pincha bu krem shaklida amalga oshiriladi. Odatda ular kunduzgidan ko‘ra yaxshi samara beradi. Ularda maksimal faol komponentlar mavjud, shuningdek, terini qayta tiklash uchun ideal vaqt kechasi hisoblanadi.

Ushbu turdagi kosmetikani qo‘llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim.

  • Vositalarni yotishdan kamida bir soat oldin faqat toza teriga qo‘llash kerak.
  • Krem miqdorini oshirib yubormaslik lozim, chunki uning ortiqchasi ertalab shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Qo‘llashdan 15 daqiqa o‘tgach, yuz qog‘oz salfetka bilan artib olinadi.
  • Yoshga mos keladigan parvarishni tanlash. 25 yoshga qadar faqat tonus uchun kerak, juda quruq yoki ta’sirchan teri uchun tinchlantiruvchi vositadan foydalanish mumkin. 30 yoshdan keyin har bir kishining terisi oziqlantirishga muhtoj, 40 yoshdan keyin esa kremga zardob(sivorotka)qo‘shish tavsiya etiladi.
  • Maxsus tungi kosmetikani kunduzgisi bilan almashtirmaslik kerak. Chunki ular bir-biriga umuman mos kelmaydi. Kunning turli vaqtlarida teriga kerak bo‘lgan kompozitsiyalar boshqacha. Misol uchun, spf-filtr, kechalari uning xususiyatlari talab qilinmaydi. 
  • Regeneratsiya uyquning chuqur bosqichida faollashadi, shuning uchun kosmetik parvarishning sifatli ishlashi uchun yetarli darajada 7-8 soat uxlash kerak.
  • Agar kechasi ko‘z atrofidagi hudud uchun krem ishlatilsa, uni erta, yotishdan bir yarim soat oldin qo‘llash kerak.
Mahsulotlar

Ertalab chiroyli ko‘rinish uchun tungi mahsulotning tarkibiga e’tibor berish kerak:

  • Gialuron kislotasi – namlikning optimal darajasini saqlaydi, namlik yo‘qotilishini oldini oladi.
  • Retinoidlar – bu qarish belgilarini kamaytiradi, yoshartiradi, dog‘larini olib tashlaydi, yuz rangini yaxshilaydigan kuchli qarishga qarshi moddalar guruhidir. Bunday tarkibiy qism nozik teri turlarining egalari uchun mos kelmasligi mumkin. 
  • AHA va BHA –  charchagan terining tonusini yaxshilashga yordam beradi, uni yosh va yorqin qiladi. Tungi kremning bir qismi sifatida ular ichki qatlamlardagi boshqa foydali moddalar uchun o‘tkazgich sifatida ishlaydi.
  • E vitamini – yoshlik va salomatlikni saqlaydigan kuchli antioksidant. Tonusni yaxshilashga yordam beradi.
  • Resveratrol – teridagi stressning namoyon bo‘lishini yo‘q qiladi.seramidlar – epidermisning himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi, namlikni saqlashga yordam beradi.
  • Glitserin – mikrozararlarni tuzatishga yordam beradi, tinchlantiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.