Qachon o‘g‘il bolani kestirish (xatna qildirish) lozim?
O'qildi: 710
Musulmonchilikda ham tibbiyot nuqtai nazaridan ham o‘g‘il bolani kestirish kerak hisoblanadi. O‘g‘il bolani kestirish tibbiyot tilida sirkusizatsiya deb ataladi. Tibbiyotda bu muolajani amalga oshirishning bir muddati ko‘rsatilmagan.
Psixologlarning fikricha, bola qancha vaqtliroq kestirilsa, uning psixikasiga zarar shunchalik kam yetkazilar ekan. Amalda bolani kestirish uchun eng yaxshi muddat deb 1 yoshgacha bo‘lgan davr belgilangan.
Agar 1 yoshgacha ma’lum sabablar bilan ulgurilmagan bo‘lsa, u holda 3 yoshgacha kestirish zarur deyiladi. Keyingi kestirish uchun optimal davrni 7 yoshgacha qilib belgilashgan. Lekin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda bola ko‘p narsani anglay oladigan bo‘ladi, shunda bu muolaja uning psixikasiga salbiy ta’sir qilib, muolajadan so‘ng uning xarakteri o‘zgarib qolishida, injiqligida namoyon bo‘lishi mumkin.
Muolaja ko‘pi bilan 15 daqiqa davom etadi.
Manba: Uzbaby.uz

Bolani qayerda kestirish lozim?
Ba’zilar haligacham tabiblarni (ustalar) chaqirtirib bolani kestiradilar. Hozirgi kunda bunday yondashuv to‘g‘ri hisoblanmaydi. Chunki tabib muolaja davomida shifokor kabi tozalik qoidalariga rioya qila olmaydi. Bu esa keyinchalik yallig‘lanish, yara bitmasligi, qo‘shimcha salbiy oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.Shifoxonda bolani kestirganda og‘ritmaydigan ukol qilinadimi?
Bir necha oylik chaqaloqlarga hech qanday anesteziya qilinmaydi. Kattaroq bolalarda umumiy yoki mahalliy narkoz qo‘llaniladi.Muolaja ko‘pi bilan 15 daqiqa davom etadi.
Qaysi hollarda muolajadan so‘ng shifokorga murojaat qilish lozim?
- Kesilgan joydagi shish ko‘payayotgan bo‘lsa;
- Kesilgan joyda qizarish, yallig‘lanish namoyon bo‘layotgan bo‘lsa;
- Kesilgan a’zodan suyuqlik ajralayotgan bo‘lsa;
- Jinsiy a’zoda ko‘k dog‘lar paydo bo‘lgan bo‘lsa;
- Tana harorati bir necha kundan keyin ham tushmayotgan bo‘lsa. (Kestirilgan kuni biroz oshishi normal holat)
Bolani kestirish mumkin bo‘lmagan holatlar qanday?
Bunga to‘sqinlik qiladigan biron holat mavjud emas. Muhimi bola shu payt shamollamagan, biron kasallik bilan kasal bo‘lib turmagan bo‘lishi lozim.Kestirilgan bola qiynalmasligi uchun uy sharoitida nima qilsa bo‘ladi?
- Ilk kunlari bolaning jisniy a’zoi quruq bo‘lishini ta’minlash muhim;
- Agar chaqaloq bo‘lsa, u holda kestirilgan joyiga mato yopishib qolmasligini nazorat qilish lozim;
Manba: Uzbaby.uz
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.