Salomatlik Goʼzallik Sochlarni qalin qilish bo‘yicha 10 ta oddiy maslahat

Sochlarni qalin qilish bo‘yicha 10 ta oddiy maslahat

O'qildi: 366


Sochlarni qalin qilish bo‘yicha 10 ta oddiy maslahat

Hech kim siyrak nozik sochlarga ega bo‘lishni xohlamaydi. Shuning uchun “Noviy ochag” nashri ko‘p vaqt sarflamasdan sochlar holatini yaxshilashning bir necha usullarini e’tiboringizga havola etadi.

Foto: Adobe Stock

Sochga hajm berish uchun maxsus shampun va konditsioner tanlang

Ko‘pchilik unutadigan birinchi va asosiy qadam. Bular sochga hajm beradigan mahsulotlar hisoblanadi. Ular sochlarga hajm, qalinlik qo‘shadi va soch ildizini yaxshilaydi.

Sochingizni yelkagacha o‘stiring

Ko‘pincha qalin sochlar haqida gap ketganda, ko‘pchilik uzun sochlarni tushunadi. Aslida bu xato. Qisqa yoki o‘rta uzunlikdagi nozik sochlar hajmli va qalinroq ko‘rinadi, chunki ularning o‘z vazni pastga tortmaydi. Yelka uzunligidagi sochlar uchun juda ko‘p chiroyli turmaklar mavjud.

Sochlaringizni shishiring

Yangi tish cho‘tkasini oling va sochlaringizni ildizidan tepaga qarab muloyimlik bilan tarang.

Ukladka va hajm uchun fiksatorlardan foydalaning

Boshdagi sochlar yoyilgan sochlardan ham nozikroq ko‘rinadi. Shuning uchun bu oddiy vositani ham e’tiborsiz qoldirmang.

Sochingizni yorqin rangga bo‘yang

Sochlarni bo‘yash yordamida ular qalinroq ko‘rinadi va soch turmagi yanada hajmli bo‘ladi.

Bosh terisini ham bo‘yang

Bosh terisi qanchalik ko‘p ko‘rinsa, sochlaringiz shunchalik siyrakligi bilinadi. Sochingiz bilan bir xil rangda boshingizni ham bo‘yang. Ammo buni uyda o‘zingiz emas, balki tajribali sartarosh qilishi kerak.

Quruq shampundan foydalaning

Bu ajoyib ixtiro. Bu shunchaki kir sochlarni tozalab yuvish degani emas. Ildizlarga ozgina shampunni massaj qilib surting.

Sifatli sun’iy sochlardan foydalaning

O‘z ishining ustasi tomonidan qilingan sun’iy soch mo‘jizalar yaratadi. Sochingiz hajmli va eng muhimi tabiiy ko‘rinadi.

Sochingizga g‘amxo‘rlik qiling

Yana bir oddiy narsa: dazmoldan voz keching, konditsionerdan kamroq foydalaning, issiqlikdan himoya qiluvchi sprey sotib oling, sochingizni tez-tez yuvmang, yozda sochlaringizni ultrabinafsha nurlardan himoya qiling. Shunda sochlaringiz sog‘lom va qalin bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.