Salomatlik Goʼzallik Yuzni ozg‘in ko‘rsatish uchun makiyajda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

Yuzni ozg‘in ko‘rsatish uchun makiyajda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

O'qildi: 381


Yuzni ozg‘in ko‘rsatish uchun makiyajda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

Agar vazn yo‘qotish uchun vaqtingiz bo‘lmasa, biroq ozg‘in ko‘rinishni istasangiz, to‘g‘ri tanlangan kiyim va aksessuarlar yordamida siluetingizni vizual ravishda “cho‘zishingiz”, shuningdek, bo‘yanish yordamida yuzingizni ingichka qilishingiz mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Baza

Birinchi qoida: yuzingizning tag qismi juda nozik bo‘yalishi kerak. O‘rta zichlikdagi bazani tanlash ideal hisoblanadi, bu sizga kerakli konturlarni chizish imkonini beradi va shu bilan birga bo‘yanishingizni chalkashtirib yubormaydi. Asosning qolgan qismiga quyuqroq bo‘lgan bronzatorni tanlaysiz va uni chakkalaringizga, yonoqlaringiz, iyagingiz ostiga surting. Keyinchalik uni T-zonasiga, ko‘z ostiga, yonoqlarga, bronzator qo‘llagan joyingizdan pastroqqa qo‘llang.

Qosh

To‘g‘ri bo‘yalgan qoshlar yaxshi tasvirning ifodasi hisoblanadi. Qoshning chetiga e’tibor bering, u pastga tushmasligi kerak, aks holda bu chiziqlar vizual ravishda yuzni yumaloq qiladi.

Ko‘zlar

Yana bir muhim nuqta — ko‘zni bo‘yashdir. Ko‘zning chet qismini podvodka yordamida yoki qalamdan foydalanib yuqoriga ko‘taring.

Lab

To‘q rangdagi qalam yoki lab bo‘yog‘idan foydalaning. Agar labingiz yaxshi ko‘rinishini istasangiz, ularni labning o‘rta qismiga qo‘llang.

Mavzuga doir:

  • Issiq kunda makiyaj buzilishining oldini olishga yordam beruvchi layfxaklar
  • Har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan makiyaj qilish sirlari
  • Makiyaj bilan uyquga ketish qanday muammolarga olib keladi?
  • Ten surtishda yo‘l qo‘yiladigan 12 xato: Ularsiz makiyaj mukammal ko‘rinadi




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.