Salomatlik Bolalar Agar bola yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Agar bola yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

O'qildi: 319


Agar bola yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Ba’zan ota-ona farzandining yolg‘on gapirayotganini sezib qoladi. Bunday holatda qanday chora ko‘rish mumkin?Yolg‘on bilan qanday kurashish kerak?

Foto: “Detstrana.ru”

Besh yoshgacha bo‘lgan uydirmalar normal hisoblanadi. Agar bola boshqalarning tuyg‘ulariga qattiq tegmasa va uning uydirmalari hech kimga zarar yetkaza olmasa, unda hammasini hazilga burish mumkin.

Agar bola olti yoshdan kattaroq bo‘lsa va u yolg‘on ishlatishni yaxshi ko‘rsa, unga yordam berish kerak bo‘ladi: bolaning ishonchini tiklash; bola va ota-ona munosabatlarini mustahkamlash; qattiqqo‘llik darajasini pasaytirish va ba’zi cheklovlarni bekor qilish; qilmishlari va yolg‘onlari uchun qattiq jazolamaslik; bolani shaxsiy joy bilan ta’minlash, o‘z sirlari bo‘lishiga ruxsat berish; agar gap o‘smir haqida ketayotgan bo‘lsa — uning hayotiga aralashmaslik, xonasiga uning ruxsati bilan kirish, so‘roqlar va tergovlar bilan qiynamaslik, nazoratni susaytirish, uning istaklari va fikrlari bilan qiziqish.

Agar siz farzandingiz o‘z manfaatlari uchun yolg‘on ishlatayotganini va bu bilan boshqalarning hayotini buzayotganini bilib qolsangiz, albatta u bilan yolg‘iz va xotirjam sharoitda gaplashib olishingiz kerak.

O‘z hayotingizdagi shunga o‘xshash voqealar haqida, yolg‘on ochilganidan keyin siz qanchalik uyalganingiz va o‘z yolg‘oningiz tufayli qayg‘urganingizga urg‘u bergan holda gapirib berishingiz kerak.

Agar bola “nafas olishdek” muntazam ravishda, hatto buning uchun o‘ziga xos sabablar bo‘lmasa ham yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, unda oilaviy ruhshunosga murojaat qilish lozim bo‘ladi. Aynan oilaviy ruhshunosga, chunki ko‘pchilik hollarda bolalarning yolg‘on gapirishiga oiladagi muammolar sababchi bo‘ladi.

Manba: “Detstrana.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.