Salomatlik Bolalar Bolalar ko‘p kasal bo‘lishining 7 sababi

Bolalar ko‘p kasal bo‘lishining 7 sababi

O'qildi: 300


Bolalar ko‘p kasal bo‘lishining 7 sababi

Ko‘p kasal bo‘ladigan bola har qanday onani juda og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Shifokor qabuliga tinimsiz qatnashlar, yaxshi shifokor izlash, tahlillar, dori-darmonlar, kasallik ta’tiliga chiqishlar va haftalar davomida to‘rt devor ichida qamalib qolish azoblari. Bolaning bunday tez-tez kasal bo‘lishiga sabab nima?

Foto: Depositphotos

Ruhiy muammolar

Ular psixosomatik deb ataluvchi har xil kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin. Stresslar, og‘ir kechinmalar, hayajonli daqiqalar bolalar immunitetiga kuchli putur yetkazadi.

Nasldan naslga o‘tish

Agar ota-ona hayotining ko‘p qismini burnida ro‘molcha bilan o‘tkazgan bo‘lsa, bolaning tez-tez kasallikka chalina boshlashidan ajablanmasa ham bo‘ladi.

Homiladorlik paytidagi muammolar

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ona qornida rivojlanishdagi muammolar, homiladorlik va tug‘ishning og‘ir kechishi, bo‘lg‘usi onadan o‘tkazilgan infeksiyalar ham yangi tug‘ilgan chaqaloq immunitetiga zarar yetkazadi.

Vaqtidan oldin tug‘ilish

Agar go‘dak muddatidan oldin tug‘ilsa, u ham tez-tez kasallikka chalinish xavfi bo‘lgan guruhga kiradi.

Allergiya

Bunda bolaning aynan nimaga reaksiyasi borligi muhim emas. Tibbiyot xodimlari atopik dermatit, oziq-ovqatlar allergiyasi, pollinoz, bronxial astma va burun-xalqum infeksiyalarining hammasi uchun bitta gen javob berishini isbot qildi. U ham nasldan naslga o‘tadi.

To‘g‘ri ovqatlanmaslik

Bola ratsionida vitaminlar, oqsil, mikroelementlar, kletchatkalarning kamligi yoki u sun’iy ovqatlar bilan boqilayotgan bo‘lsa, bu immunitet uchun iz qoldirmasdan o‘tib ketmaydi.

Noto‘g‘ri yashash tarzi

Agar bola uyda o‘tirsa, kamdan-kam sayrga chiqsa, sport bilan shug‘ullanmasa va toza havoda faol o‘yinlar o‘ynamasa uning virusga chalinish xavfi yuqoriroq bo‘ladi. Jamoat transportlarida ko‘p yuradigan, yopiq joydagi guruhlar ichida ko‘p shug‘ullanadigan, bolalar bog‘chasiga boradigan, turli xil tadbirlarga va odamlar to‘planadigan joylarga ko‘p qatnashadigan bolalar haqida ham xuddi shuni aytish mumkin.

Manba: “Deti.mail.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.