Ba’zi bolalar juda imillagan, odamovi va og‘ir-bosiq bo‘ladi. Ular juda kichkinaligidanoq bolalarni uzoqdan kuzatishni yaxshi ko‘radi. Bolalar bilan birga o‘ynamaydi, to‘rt yoshga to‘lganda zo‘rg‘a gapirishni boshlaydi. Bunday tabiatli bolalarni ruhshunoslar flegmatiklar deb ataydi.
Foto: Rambler Woman
Flegmatik bolaning tabiatini qanday qilib to‘g‘rilash mumkin?
Odamoviligidan boshlaymiz
Bola yolg‘izlikni yaxshi ko‘radi, tengdoshlari bilan kam o‘ynaydi. Kech gapirish, atrofdagi muhit to‘g‘risidagi tasavvurning kamligi va haddan tashqari tortinchoqlik shu tufayli paydo bo‘ladi.
Iloji boricha bola bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish, birga qo‘shilib o‘ynashga harakat qilish, mehmonga, do‘konlarga, jamoat joylariga birga olib yurish kerak.
Bolalar bog‘chasi alohida band bo‘lib hisoblanadi
Bir tomondan, erkin bo‘lib o‘sishi uchun bolaga kollektiv kerak. Ikkinchi tomondan – agar hali erta bo‘lsa, u yanada battarroq o‘z-o‘zi bilan bo‘lib qolishi mumkin. Bolalar bog‘chasi uchun eng muvofiq yosh – 3 yosh hisoblanadi. Agar u bog‘chada ovqat yemasa, tarbiyachi va bolalarga e’tiborsiz bo‘lsa – uni vaqtincha u yerdan olishni o‘ylab ko‘ring.
Sustkashlik
Bolani jalb qilish kerak. Buning uchun qum soatlar juda yaxshi. 20 daqiqalik qum soat sotib oling, uni teskari qilib qo‘ying va qumlar to‘kilib bo‘lguncha bajarish kerak bo‘lgan topshiriq bering.
Erinchoqlik
Bu yerda ham jalb qilish juda muhim. Topshiriq bering, u endi katta bo‘lganini va siz unga ishonishingizni ayting. Va albatta rag‘batlantiring. Baqirish bilan hech narsaga erisha olmaysiz – flegmatiklar o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi va sizni eshitmaydi.
O‘sishning kechikishi
Toqatlilik talab qilinadigan rivojlantiruvchi o‘yinlar bilan shug‘ullanish kerak, chunki flegmatiklar juda sabrli bo‘ladi. Buning uchun uyda har kuni 15-30 daqiqa shug‘ullanish yetarli bo‘ladi.
Odamovilik
O‘z hissiyotlarini ifodalash juda muhim. Buning uchun timsoh tipidagi o‘yinlar mos keladi: qayerda qiliq qilish, qayerda mimika bilan ishlab o‘z ichki dunyosini tushuntirish. O‘z hissiyotlaringizni ko‘rsatishdan tortinmang.
Qat’iyatsizlik
U ham ko‘pincha bunday kichkintoylarda bo‘ladi. Va ularning ota-onalarida ham!Hech kimning gapiga quloq solmang, taqqoslamang va “mening bolam rivojlanmayapti yoki tentak” degan fikrni xayolingizga keltirmang. Mana ko‘rasiz, u hammadan yaxshi bola bo‘ladi, bu sizning qo‘lingizdan keladi!Unga iloji boricha mehringizni bering, seving!
Manba: Rambler Woman
Manba