Salomatlik Ayollar uchun Foydali xususiyatlari yo‘qoladi: grechkani qaysi mahsulotlar bilan iste’mol qilib bo‘lmaydi?

Foydali xususiyatlari yo‘qoladi: grechkani qaysi mahsulotlar bilan iste’mol qilib bo‘lmaydi?

O'qildi: 160


Foydali xususiyatlari yo‘qoladi: grechkani qaysi mahsulotlar bilan iste’mol qilib bo‘lmaydi?

Diyetologlar grechka pyuresi eng foydali don mahsuloti ekanligini aytishadi va haftada kamida bir necha marta ushbu mahsulotdan tayyorlangan taomni yeyishni tavsiya qiladi. Biroq, grechkani to‘g‘ri tanlangan mahsulotlar bilan qo‘shib iste’mol qilish juda muhim, sababi ayrim mahsulotlar uning tarkibidagi foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.

Foto: The Voice 

Grechka nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun ajoyib taom hisoblanadi. Bu mahsulotlar vazn yo‘qotayotganlar uchun ham, semirishni istayotgan insonlar uchun ham mos keladi. Shuningdek, u mikroelementlarning muvozanatini to‘ldirishga va shish paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi.

Grechkani boshqa donli mahsulotlarga qaraganda tez-tez iste’mol qilish mumkin, chunki u ko‘p miqdorda oqsilga ega va uning tarkibida glyutin yo‘q.

Grechka va sut

Sutda laktoza, grechkada esa fitik kislota mavjud. Ushbu komponentlarning ikkalasi ham ovqat hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va ular qo‘shib iste’mol qilinganda, qorinda shish, qorin og‘rig‘i va boshqa noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin.

Grechka va tuxum

Ko‘pchilik har qanday nonushtaga tuxumni qo‘shib yeyishga odatlangan bo‘lsa-da, aslida tuxumni tarkibidagi oqsil tufayli ayrim mahsulotlar bilan iste’mol qilib bo‘lmaydi, aks holda aminokislotalarning so‘rilishi qiyinlashadi va oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Tuxumni grechka bilan qo‘shib iste’mol qilish mumkin emas, ular non va pishloq birga yaxshi hazm bo‘lmaydi.

Grechka va qora choy

Grechka temirga boy va ayniqsa kamqonlik bilan og‘rigan insonlar uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga, achchiq qora choy tarkibida taninlar mavjud bo‘lib, ular temirning foydali xususiyatlarini kamaytiradi va uning so‘rilishiga xalaqit beradi. Grechka pyuresini o‘tli damlamalar bilan yoki bir chashka ko‘k choy bilan ichgan ma’qul.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.