Salomatlik Salomatlik Och qoringa iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta oziq-ovqat mahsuloti

Och qoringa iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta oziq-ovqat mahsuloti

O'qildi: 342


Och qoringa iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta oziq-ovqat mahsuloti

Bu ovqatlar ertalab och qoringa iste’mol qilinsa, oshqozon va ichaklar uchun muammo tug‘dirishi mumkin. Nonushta uchun boshqa mahsulot tanlagan ma’qul.

Yogurt

Hayron qoldingizmi?Yo‘q, yogurt yeyishingiz mumkin, albatta. Ammo och qoringa yogurt iste’mol qilsangiz, unda och qorindagi xlorid kislotasi yogurt tarkibidagi sut kislotasi bakteriyalarini yo‘q qiladi.

Nok

Foto: “Noviy ochag”

Nokda oshqozon shilliq qavatini zararlashi mumkin bo‘lgan juda ko‘p qo‘pol moddalar mavjud, shuning uchun ularni och qoringa yeyish tavsiya etilmaydi. Aytgancha, nokni yegandan so‘ng, xom suv ichmaslik lozim.

Pomidor

Foto: “Noviy ochag”

Pomidor tarkibidagi taninlar oshqozonning kislotaliligini oshiradi. Bu gastrit, pankreatit yoki kolitning rivojlanishiga olib keladi. Shunga o‘xshash mahsulotlarga xurmo va shirin kartoshka kiradi, ularda ham tanin darajasi ko‘p.

Banan

Foto: “Noviy ochag”

Agar och qoringa banan iste’mol qilsangiz, qondagi magniy darajasi keskin ko‘tariladi, bu yurak ishiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, och qoringa banan iste’mol qilish kaliy va magniy muvozanatini yo‘qotishi ehtimoldan xoli emas.

Sitrus mevalar

Foto: “Noviy ochag”

Apelsin, mandarin va greypfrutlarda juda ko‘p miqdorda meva kislotasi mavjud. Agar bu mevalarni och qoringa iste’mol qilsangiz, ular jig‘ildon qaynashiga olib keladi, shuningdek, gastrit rivojlanishiga “hissa qo‘shadi”.

Qahva

Foto: “Noviy ochag”

Qahva oshqozon kislotasining ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, jig‘ildon qaynashi va oshqozonda og‘irlik hissini paydo qiladi. Nonushtani hamisha birgina qahva bilan almashtirsangiz, serotonin yetishmovchiligi rivojlanadi, bu oxir-oqibatda kun davomida depressiya holatiga olib keladi.

Spirtli ichimliklar

Foto: “Noviy ochag”

Och qoringa iste’mol qilingan spirtli ichimliklar ikki baravar tez mast qiladi. Bu holda alkogol ovqat hazm qilish ishini sekinlashtiradi.

Salqin gazlangan ichimliklar

Foto: “Noviy ochag”

Ertalabdan salqin gazlangan ichimliklarni ichish odati nafaqat oshqozon shilliq qavatiga salbiy ta’sir qiladi, balki unga qon borishini sekinlashtiradi, natijada ovqat hazm qilish jarayoni ham yomonlashadi.

Saqich chaynash

Foto: “Noviy ochag”

Chaynash butun ovqat hazm qilish traktining ishini boshlaydi va oshqozon ovqat hazm qilish uchun zarur bo‘lgan suyuqlikni ajrata boshlaydi. Oshqozonda oziq-ovqat o‘rniga ko‘p miqdorda kislota bo‘lsa, shilliq qavatga ziyon. Oqibatda surunkali gastrit va kolit rivojlanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.