Salomatlik Ayollar uchun Smartfon issiqda “erib ketmasligi uchun”: gadjetni himoya qilish bo‘yicha 4 ta maslahat

Smartfon issiqda “erib ketmasligi uchun”: gadjetni himoya qilish bo‘yicha 4 ta maslahat

O'qildi: 116


Smartfon issiqda “erib ketmasligi uchun”: gadjetni himoya qilish bo‘yicha 4 ta maslahat

Ob-havo nafaqat insonlarga, balki elektron qurilmalarga ham yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Quyida uyali telefon buzilishining oldini olishda oddiy, ammo samarali usullar haqida ma’lumot beriladi.

Foto: Woman

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi va o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi davrida butun dunyo bo‘ylab insonlar mobil telefonlardan ko‘proq foydalangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, smartfondan muntazam foydalanishga bo‘lgan bunday talab gadjetni saqlab qolish qobiliyatiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish markazlariga qo‘ng‘iroqlar statistikasi o‘sib bormoqda va issiq ob-havo ham vaziyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu haqda IT-ekspert, Mail.ru Group’ning strategiya va media-loyihalarni rivojlantirish direktori Dmitriy Ryabinin so‘zlab berdi.

U yozda gadjetlar nima sababdan tez ishdan chiqishini tushuntirib berdi, shuningdek, telefonning ishdan chiqishidan himoya qilishga yordam beradigan oddiy layfxaklar bilan o‘rtoqlashdi. Qum hattoki eng bardoshli smartfon ekraniga zarar yetkazishi mumkin va agar u gadjet ichiga kirsa, elektron komponentlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun mutaxassis televizor pultlarini va gadjetni plastik shaffof g‘ilofga o‘rash uchun tez-tez qo‘llanilgan usulni eslab qolishni maslahat beradi.

“Hozir gadjetlar uchun anomal xavfli mavsum. Gap shundaki, koronavirus va masofaviy ish bizni shunday holatga olib keldiki, biz smartfonlar va gadjetlardan ko‘pincha noqulay sharoitlarda foydalanishni kuchaytirdik. Bularning barchasi yozgi haroratning ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Hozirda ta’mirlash xizmatlari so‘rovlari sezilarli o‘sish statistikasini ko‘rsatmoqda va yozdan keyin ularning soni yanada ko‘payadi”, — deydi mutaxassis.

Foto: Woman

Yozda gadjetlarning ideal ishlash muddati nafaqat issiqda faol foydalanish, balki ular bilan plyajga borish tufayli ham qisqaradi. Mutaxassis smartfonni boshqa materiallardan himoya qilish kerakligi haqida fikr bildirgan.

“Eng ommabop xatolardan biri — texnikalarni sohilga olib borish. Bir vaqtning o‘zida bir nechta xavfli omillar: suv, to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri va o‘g‘irlik qurboni bo‘lish xavf soladi. Loy va qum ham texnikalar uchun juda xavfli. Kichik qum donalari qurilmaning ekraniga sezilmaydigan darajada zarar yetkazishi, shuningdek, korpus ichiga kirishi mumkin. Bu hatto texnika cho‘ntak yoki sumkangizda turganda ham sodir bo‘lishi mumkin. Plyajda gadjetlardan kam foydalanish va ularni g‘iloflarda saqlagan ma’qul. Shu orqali ekranning shikastlanish xavfini kamaytirasiz”, — deydi Dmitriy Ryabinin.

Foto: Woman

Ma’lumki, barcha elektron uskunalar ishlash paytida issiqlik hosil qiladi. Agar quyosh nuri smartfonga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilsa, bu qurilmaga zarar yetkazishi yoki hatto batareyani ishdan chiqarishi mumkin. Bunday holatni oldini olish uchun, birinchi navbatda original quvvatlagichlardan foydalanishingiz kerak. Gap shundaki, bunday quvvatlagichlar uni to‘liq zaryaddan ko‘ra uzoqroq zaryadlashi mumkin, bu esa batareyaning harorati oshishiga olib keladi.

Bundan tashqari, mutaxassislar issiq ob-havoda telefoningizni imkon qadar kamroq quvvatlantirishni maslahat beradi. Bu ishni kechqurun yoki kechasi amalga oshirgan ma’qul. Biroq bunday ehtiyoj paydo bo‘lsa, mobil qurilmani soyada joylashtirishga harakat qiling.

Agar telefon qizib ketgan bo‘lsa, chiqadigan issiqlik qo‘llaringizni “yoqib yuboradi”, agar smartfonning g‘ilofi bo‘lsa, uni olib tashlang. U qurilmani yerga tushganda shikast yetishidan himoya qilsa-da, issiqlik izolyatsiya qiluvchi qobiq vazifasini bajarib, uyali telefon ventilyatsiyasini ham qiyinlashtiradi.

Foto: Woman

Keyin barcha keraksiz ilovalar va simsiz aloqani o‘chiring hamda ekran yorqinligini kamaytiring. Telefoningiz qancha kam elektr energiyasi ishlatsa, shunchalik kam isiydi. Hozirda deyarli barcha qurilmalar batareyani tejash xususiyatiga ega. Bunda smartfon barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatini maksimal darajada cheklaydi, avtomatik ravishda ekran yorqinligini pasaytiradi va minimal energiya sarflaydi.

Bundan tashqari, issiqda gadjet bilan ishlashda xavfsizlik qoidalarini e’tiborsiz qoldirmang. Zaryadlash jarayonida quvvat adapteri, zaryadlovchi va quyosh nuri telefonning o‘ziga ta’sir qilmasligi kerak, chunki bu qisqa tutashuvga, o‘ta og‘ir holatlarda qurilma yoki adapterning yonib ketishiga olib kelishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.