Salomatlik Ayollar uchun Chegirmali narxda bo‘lsa ham xarid qilish tavsiya etilmaydigan buyumlar (foto)

Chegirmali narxda bo‘lsa ham xarid qilish tavsiya etilmaydigan buyumlar (foto)

O'qildi: 359


Chegirmali narxda bo‘lsa ham xarid qilish tavsiya etilmaydigan buyumlar (foto)

Mavsumiy chegirmalar — xarid qilish uchun qulay vaqt hisoblanadi. Kimdir qimmatbaho bluzkani sezilarli chegirma bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanadi, kimdir hammasi uchun arzimagan pul to‘lab, bir uyum kiyim yoki kosmetika bilan ketish imkoniyatidan xursand bo‘ladi. Ammo shunday narsalar borki, ularni sotib olish ko‘pincha pulni behuda sarflashga aylanadi. Quyida shu haqda batafsilroq to‘xtalamiz.

Qimmatbaho pomada

Foto: AdMe

Hashamatli segmentdan qimmatbaho lab bo‘yog‘ini sotib olish — pulni shamolga sovurishning bir yo‘li. To‘g‘ri, lab bo‘yog‘I kerakli narsa. Ammo buning uchun juda katta mablag‘ ajratganingizni sizdan tashqari kim biladi?Axir lab bo‘yog‘ining maqsadi lablarni ta'kidlash, hamkasblar oldida maqtanish uchun sumkadan chiqariladigan moda aksessuari bo‘lmasligi kerak.

Dizaynerlik jinsi shimlar

Foto: AdMe

Jinsilar deyarli har bir ayol shkafining asosiy elementidir. Jinsilarning jozibadorligi tushunarli: ular qulay. Jinsilar hashamatli yorliq bilan emas, balki mos va sifati bilan tanlanishi kerak. Shuning uchun agar dizaynerlikni ham, oddiyroq modelni ham yoqtirgan bo‘lsangiz, ikkilanmang va arzonini oling.

Qimmat tirnoq bo‘yog‘i

Foto: AdMe

Haqiqat shundaki, qimmatbaho tirnoq laklari yaratilish texnologiyasi jihatidan arzonrog‘idan deyarli farq qilmaydi. Ma'lum bo‘lishicha, qimmat mahsulot va oddiyrog‘i o‘rtasidagi farq asosan qadoqlashda bo‘ladi.

Hashamatli segmentdagi shishalar yanada chiroyli ko‘rinadi, ularning cho‘tkalari yanada sifatli bo‘lishi mumin, ammo ranglar va texnologiyalarda unchalik katta farq yo‘q.

Bir marta kiyiladigan kiyim

Foto: AdMe

Har bir ayol zudlik bilan ma'lum bir voqea uchun biror narsa sotib olishi kerak bo‘lgan paytlari bo‘ladi: to‘y, yubiley yoki ziyofat uchun. Bunday kiyimlarni sotib olishda ham oqilona munosabatda bo‘lishingiz kerak. Ushbu garderob buyumlari odatda bir martadan ortiq kiyilmaydi, anchagacha shkafda yotadi.

Oq shim yoki oq yubka

Foto: AdMe

Ularga darhol “yo‘q” degan ma’qul. Chunki oq shim yoki oq yubkani toza saqlashning iloji yo‘q. Hatto eng kichik dog‘lar ham yaqqol ko‘rinadi. Ammo oqni yaxshi ko‘rsangiz va bunday kiyimlardan voz kechishga tayyor bo‘lmasangiz, unda hech bo‘lmaganda matolariga e'tibor berishingiz kerak: ipak yoki zig‘ir tolalini emas, balki sintetika qo‘shilgan jinsi yoki paxtalisini tanlang.

Dizaynerlik shoperlar

Foto: AdMe

Dizaynerlik sumkasiga ko‘p pul sarflaganingizda, uning sifati muhim: material, aksessuarlar. Ammo hozirda tobora ko‘proq taniqli moda uylari o‘z brendi ostida arzonroq sumkalarni chiqarmoqda. Mashhur logotiplar bilan bezatilgan bo‘lsa-da, aslida oddiy shoperligicha qoladi. Mashhur modalar uyidan bo‘lmasa ham, sifatli charm sumkaga pul sarflagan ma’qul.

Arzon aksessuarlar

Foto: AdMe

Arzon aksessuarlarni hatto chegirmada ham sotib olmaslik kerak: ularning metalli tezda qorayadi, bezaklari tushib ketadi va yo‘qoladi. 1-2 ta yuqori sifatli(zargarlik buyumlari bo‘lishi shart emas)taqinchoqlarning o‘zi ham yetadi.

Atelyega beriladigan narsalar

Foto: AdMe

Sizga ajoyib shimlar yoqdi, lekin bitta muammo bor: ular juda uzun va kiyishdan oldin atelyega berib, o‘zgartirish kerak. Darhol sotib ololmaydigan va kiyib bo‘lmaydigan bunday narsalar shkafingizda yillab yotishi mumkin.

Bir nechta tugmali romperlar

Foto: AdMe

Agar hojatxonaga borish uchun ko‘plab ilgak va tugmalarini yechishingiz kerak bo‘lgan libosingiz bo‘lsa, har kuni bunday kiyimni kiyishingiz dargumon. Bunga kombinezon va shimlar kiradi. Birovning yordamisiz bunday kiyimlarni yechish yoki qayta kiyishning iloj yo‘q.

Yuvib bo‘lmaydigan narsalar

Foto: AdMe

Bluzka, ko‘ylak yoki shim sotib olayotganda yorliqdagi tavsiyalarga e’tibor berishni unutmang. Yuvish taqiqlangan va faqat quruq holda tozalanishi mumkin bo‘lgan narsalar mavjud. Agar ularni tez-tez kiyishni rejalashtirsangiz, bunday buyumlar juda qimmatga tushadi. Ko‘pincha, bu qattiq matoga yoki burmali tuzilishga ega bo‘lgan qimmatbaho tabiiy matolardan(ipak, jun)tayyorlangan mahsulotlar bo‘ladi. Bunday narsalarni sotib olishdan oldin ijobiy va salbiy tomonlarini ham diqqat bilan o‘rganishingiz kerak.


Mavzuga doir

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.